Hayot - bu narsalarga ega bo‘lish emas, balki ularni bajarishdir.
Aristotelning boshqa so'zlari
Ba’zilar xuddi abadiy yashaydigandek jamg‘aradi, boshqalari esa go‘yo shu zahoti o‘layotgandek sarflaydi.
Ehtiroslarini jilovlay olgan inson ulardan butunlay tiyilgan kishi emas, balki kema yoki otni boshqargandek, ularni zarur va foydali tomonga yo‘naltira olgan kishidir.
Musiqa xarakterni shakllantirish qudratiga ega. Musiqa orqali inson o‘zida to‘g‘ri his-tuyg‘ularni rivojlantirishni o‘rganadi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchi oldindagilarni quvib yetishi va ortdagilarni kutib o‘tirmasligi lozim.
Xudbinlik o‘zini sevishda emas, balki bu sevgining me’yoridan oshib ketishidadir.
Boshqa aforizmlar
Avval o‘zingizni seving, qolgan hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Bu dunyoda biror nimaga erishish uchun o‘zingizni chindan ham sevish lozim.
Nafrat, gunoh va hasaddan qoch! Orzuingni ko‘mishga yo‘l qo‘yma, uni haqiqatga aylantir. Olg'a intil va yasha.
O‘tmishga sog‘inch bilan boqmang. U qaytib kelmaydi. Bugungi va kelajakniaql bilan boshqaring. U sizniki. Olg‘a boring, tumanli kelajakka qo‘rqmasdan va mard yurak bilan peshvoz chiqing.
Hayotni faqat orqaga nazar tashlab tushunsa bo‘ladi, ammo oldinga qarab yashash lozim.
Minnatdorchilik – eng subyektiv tuyg‘ulardan biridir. Har kim o‘zgani men uchun qilganidan ko‘ra, men u uchun ko‘proq ish qildim, deb o‘ylaydi va shuning uchun o‘zganing emas, o‘zining minnatdorchilikka loyiqroq ekaniga ishonadi. Shu sababli, u minnatdorchilik bildirish o‘rniga, minnatdorchilik kutadi.
Umringga kunlarni emas, kunlaringga umr qo‘sh...