Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Hech nima sayohat kabi aqlni rivojlantirmaydi.
Chet tilida so‘zlashish - uning dunyosi va madaniyatini egallash deganidir.
Biz bir-birimizni bejiz tanlamaymiz... Faqat ongimiz ostida allaqachon mavjud bo‘lgan odamlarnigina uchratamiz.
Sklerozni davolab bo‘lmaydi, lekin uni unutish mumkin.
Imkoniyatingiz boricha yordam qilavering. Bajargan yaxshi amallaringiz sizni balo-qazolardan asrab, yolingizni ochiq qiladi.
Buni qila olmayman deb aslo aytmang! Boshingizga tushsa qanday bajarganingizni ham anglamay qolasiz.
Sensiz yashay olmayman, deb ayta olmayman, chunki yashayapman.
O‘z fikrlaringiz bilan yolg‘iz qolish - juda xavfli mashg‘ulot... lekin juda foydali!
O‘zingizni qanday yaxshi ko‘rsangiz, boshqalarni ham shunday sevishga o‘rgatasiz.
Hayot xuddi pianinoga o‘xshaydi. Qora va oq tasmalari bilan, ammo yashayotganda shuni unutmaslik kerakki, qora tugmalar ham kuyni yaratishda ishtirok etadi.
Insonni vaqt emas, yuk qaritadi.
Yaqin kishiga nisbatan eng katta gunoh nafrat emas, balki befarqlikdir; bu chindan ham insoniylikdan yiroqlikning cho‘qqisidir.
Baxtsiz yashagandan ko‘ra yolg‘iz o'tgan afzal.
Ranevskayadan so‘rashdi: \"Sizningcha, qaysi ayollar ko‘proq sadoqatga moyil: qora sochlilarmi yoki sariq sochlilarmi?\" U o‘ylab o‘tirmay: \"Oqlar!\" - deb javob berdi.
Shunday yashash kerakki, ablahlar ham seni eslashsin.
Odamlar o‘zlariga muammo yaratadilar - hech kim ularni zerikarli kasb tanlashga, istamagan insoniga uylanishga yoki noqulay poyabzal sotib olishga majburlamaydi.
Bu dunyoning muammosi shundaki, ahmoqlar va mutaassiblar o‘zlariga haddan tashqari ishonishadi, aqlli odamlar esa shubhalar girdobida qolib ketishadi.
Oilangizda tinchlik bo‘lishi uchun har qanday to‘lovni amalga oshiring.
Boshqalar uxlayotganda o‘rganing, ular dam olayotganda ishlang, o'zgalar bo‘shashayotganda tayyorlanib turing va boshqalar noliyotganda orzu qiling.
Qanchalik og‘riqli ekanligini bilgan odam hech qachon xiyonat qilmaydi.
44 / 87