Bu dunyoning muammosi shundaki, ahmoqlar va mutaassiblar o‘zlariga haddan tashqari ishonishadi, aqlli odamlar esa shubhalar girdobida qolib ketishadi.
Bertran Rasselning boshqa so'zlari
Bo‘sh vaqtni oqilona taqsimlay bilish madaniyatlilikning eng yuqori pog‘onasidir.
Hamma bir xil fikrda bo‘lsa ham, barcha ham xato qilishi mumkin.
Chinakam obro‘ga ega bo‘lgan kishi o‘z xatosini tan olishdan cho‘chimaydi.
Boshqa aforizmlar
Yagona xato - o‘tmishdagi xatolarni to‘g‘rilamaslik.
Barcha o‘g‘illar teng bo‘ladi, yoki barchasi dushman bo‘ladi.
Inson biror ishni beg‘araz qilsa, buning uchun minnatdorchilik kutmaydi. U haqda noshuk degan fikr eshitganida, qilgan ishini eslaydi.
Pul hech qachon ko‘plik qilmaydi. Pulni qayerga sarflashni bilmaydigan odamning puli ko‘p emas, balki tasavvuri kamroq.
Sening do‘sting sen bilan dasturxon atrofida ichishni xush ko‘rgan emas, balki har qanday qiyinchilikda yordamga shoshiladigan insondir. U senga ishonchli qo‘l cho‘zib, tashvishlardan xalos etadi. Hatto senga yordam berganini ham sezdirmaydi.
Harakat qilish uchun yetarlicha jasoratli bo‘lmasangiz, hech qachon hech narsaga erisha olmaysiz.