Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

O‘z-o‘zini sevish - bu bir umr davom etadigan romanning boshlanishi.
Qanday qilib foyda olishni aniq tushunmasdan tursa,bu biznes - biznes emas. Shunchaki xobbi.
Muvaffaqiyatli biznes yuritishga harakat qilayotganlarning hammasi ham chayqovchilar emas.
Biznesda halollik - mijozlarni muntazam ravishda aldashning yagona yo‘li.
Biznes - bu o‘yin, agar siz uni qanday o‘ynashni bilsangiz, marra sizniki.
Muammoni hal qilish mumkin bo‘lsa, u haqida tashvishlanmaslik kerak. Agar muammo hal etilmasa, u haqda qayg‘urish befoyda.
Ertalab uyg‘onganingizda o‘zingizdan so‘rang: \"Men nima qilishim kerak?\" Kechqurun uyquga yotishingizdan oldin: \"Men nima qildim?
Biz ishni boshlash uchun ilhomni kutishimiz emas, balki chaqirishimiz kerak. Harakat har doim ilhom uyg‘otadi. Ilhom kamdan-kam hollarda harakatni keltirib chiqaradi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun, birinchi navbatda, qo‘limizdan kelishiga ishonishimiz kerak.
Muvaffaqiyat qoshingizga kelmaydi. Unga erishish uchun olg'a qadam tashlashingiz kerak.
Haqiqatan ham xohlagan narsangizni qilishga qaror qilsangiz, hayotingizning butunlay boshqa bosqichi boshlanadi.
100 ta muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin ham umidsizlikka tushmaslik kerak, chunki 101 hayotingizni o‘zgartirishi mumkin.
Narigi qirg‘oqqa o‘tish uchun jarlikdan o‘tish kerak. Mashaqqatli yo'ldan keyin rohat keladi.
O‘tmishga qaytib, startni o‘zgartira olmaysiz, lekin hozir start olib, finishni o‘zgartirishingiz mumkin.
Odamlar yashaydigan eng katta qamoqxona bu - boshqalar nima deb o‘ylashidan qo‘rqish.
Farovon hayotingiz o‘z qaroringizga bog‘liq.
Men hech qachon muvaffaqiyat haqida orzu qilmaganman. Men buning uchun ishladim.
Muvaffaqiyatga erisha olmaslik ham ba’zan katta omad ekanligini unutmang.
Tasavvur qilish mumkin bo‘lgan hamma narsa haqiqatdir.
Hech qanday oh-voh, hech qanday afsus-nadomat yo‘q! Faqat sog‘lom aql va qat’iyat!