Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Oqilona tanlov qilish uchun avvalo nimalarsiz ham yashash mumkinligini anglash kerak.
Fikrlash – o‘z-o‘zi bilan suhbatlashish demakdir.
Biri ko‘lmakka qarab unda loyni ko‘radi, boshqasi esa unda aks etgan yulduzlarni payqaydi.
Insonga istagan barchasini bering — shu zahoti buning hammasi uninig uchun yetarli emasligini anglaydi.
Tuban insonlar doimo o‘zlari haqida gapirish bilan faxrlanadi, ma'naviyatli insonlar esa o‘zlari haqida gapirmaslikni afzal biladi.
Ish bizni uchta katta balodan — zerikish, illatlar va muhtojlikdan xalos etadi.
Atrofdagilardan g‘azablangandan ko'ra, o‘zinizgda harakat qilish jasoratini topish — eng oqilona yo‘ldir.
Inson o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lgandagina haqiqiy qadr topadi.
Ertalab rejalar tuzaman, kunduzi esa ahmoqona ishlar qilaman.
Rohat bag‘ishlaydigan ish bilan shug‘ullanish — chin erkinlik demakdir.
Odamlar shunchaki nimadir deyish istagida bo'lishadi-yu, natijada bema’ni gaplarni gapirishadi-ya.
Hayot xuddi kinoga o‘xshaydi: uni qiziqarli qilish uchun kuchli qahramonlar va kutilmagan syujet burilishlarini qo'shish kerak.
Hayot shaxmat o‘yiniga o‘xshaydi: yomon o‘ynasangiz ham, baribir harakat qilishingiz kerak.
Hayot xuddi romanga o‘xshaydi: unda sarguzashtlarga boy sahifalar ham, chuqur falsafiy mushohadalarga to‘la boblar ham bo‘ladi.
Hayot xuddi ertakka o‘xshaydi: biz turli syujetlarga duch kelamiz, vazifamiz esa ularni qiziqarli va mazmunli qilishdir.
Hayot xuddi hikoyaga o‘xshaydi: unda qahramonlarni o‘zimiz yaratamiz, ammo ularni har doim ham boshqara olmaymiz.
Hayot xuddi ijodiy jarayonga o‘xshaydi: o‘zimiz palitra tanlaymiz va har kuni rasmlar chizamiz.
Hayot sho‘rvaga o‘xshaydi: ba’zan shirali yoki bemaza. Ammo har doim tarkibiy qismlarni, ya'ni masallqlarni to‘g‘ri solib, muvozanatini topish kerak.
Baxtli hayot kechirishni istasangiz, odamlar yoki narsalarga emas, balki maqsadni ko'zlab yashang.
Biz ko‘pincha o‘zimizni oqlash uchun maqsadga erisha olmasligimizga o‘zimizni ishontiramiz; aslida esa muammo ojizlikda emas, irodasizlikdadir.