Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Kimki “boshqalarsiz ham yashay olaman” deb o‘ylasa — adashadi; ammo “boshqalar mensiz yashay olmaydi” deb o‘ylagan odam esa yanada kattaroq xato qiladi.
Baxt, asosan, o‘z taqdiriga ko‘nikish va o‘z ahvolidan mamnun bo‘lishdan iboratdir.\n\n
Baxtsiz taqdilarrda ham baxtli bo'lish uchun yo'l topiladi.
Notiqning buyuk fazilati — kerakli gapni aytish, keraksizini aytmaslikdir.
Inson avvalo o‘zini boshqarishni, o‘z qarorlariga amal qilishni o‘rganishi kerak.
Haqiqatni do‘stidan eshitishni istamaydigan insonga hech nima yordam bera olmaydi.
Agar tarbiya ko‘rmagan bo‘lsang-u, indamasang — tarbiya ko‘rgandek bo‘lasan; agar tarbiya ko‘rgan bo‘lsang-u, indamasang — juda yaxshi tarbiya topgan bo'lasan.
Yashashni boshlashimiz bilanoq o‘lim sari yuz tutamiz, shu bois shuhrat ketidan quvishdan ne keragi bor?
Musiqa xarakterni shakllantirish qudratiga ega. Musiqa orqali inson o‘zida to‘g‘ri his-tuyg‘ularni rivojlantirishni o‘rganadi.
Aql faqat bilimda emas, balki uni amalda qo‘llay bilishdadir.
Ba’zilar xuddi abadiy yashaydigandek jamg‘aradi, boshqalari esa go‘yo shu zahoti o‘layotgandek sarflaydi.
Xudbinlik o‘zini sevishda emas, balki bu sevgining me’yoridan oshib ketishidadir.
Ehtiroslarini jilovlay olgan inson ulardan butunlay tiyilgan kishi emas, balki kema yoki otni boshqargandek, ularni zarur va foydali tomonga yo‘naltira olgan kishidir.
Saxiy inson – munosib kishiga kerakli narsani o'z vaqtda beradigan kishidir.
Nima bo‘lsa ham uylan: xotining yaxshi bo‘lsa — baxtli bo‘lasan, yomon bo‘lsa — faylasufga aylanasan.
Baxtning siri — ko‘proq narsani izlashda emas, balki kamroq narsadan zavqlana olishni o‘rganishda.
Aqlli odamlar hamma narsadan va hammadan o‘rganadi, o‘rtamiyona odamlar o‘z tajribasidan o‘rganadi,\nahmoq odamlar esa hammasini bilaman deb o‘ylaydi.
Foydasiz odamlar faqat yeb-ichish uchun yashaydi, yaxshi odamlar esa yashash uchun yeb-ichadi.
Kuchli aql egalari g‘oyalarni, o‘rtamiyona aql egalari voqealarni, zaif aql egalari esa odamlarni muhokama qiladi.
Hech qachon o‘zing bilmagan ishni qilma, bilishing kerak bo‘lgan hamma narsani o‘rgan.