Hech qachon o‘zing bilmagan ishni qilma, bilishing kerak bo‘lgan hamma narsani o‘rgan.
Pifagorning boshqa so'zlari
Ertalab uyg‘onganingizda o‘zingizdan so‘rang: "Men nima qilishim kerak?" Kechqurun uyquga yotishingizdan oldin: "Men nima qildim?
Haykalni ko‘rinish, odamni esa uning amallari bezaydi.
Hayot sahna — eng yaxshi joylar ko‘pincha yomon odamlarga nasib qiladi.
Baxt ortidan quvma: u doim sen bilan!.
Odamlar bilan shunday yashaki, do‘stlaring dushman bo‘lmasin, dushmanlaring esa do‘stga aylansin.
Boshqa aforizmlar
Faqat aql, ilm, iroda va vijdon insonni yuksaltiradi. Boshqacha yo‘l bilan yuksalish mumkin deb o‘ylash esa faqat nodonning ishidir.
Hayot biz kutganni berishga majbur emas. U nima bersa, shunga qanoat qilish, agarda yomon bo'lsa shunday bo‘lgani uchun minnatdor bo‘lish kerak.
Haqiqiy erkak - ayolning tug‘ilgan kunini aniq eslaydigan, lekin uning yoshini hech qachon bilmaydigan erkakdir. Ayolning tug‘ilgan kunini eslay olmaydigan, ammo necha yoshda ekanini aniq biladigan erkak - uning eridir.
Agar parvardigor senga yordam berishini istasang, avvalo o‘z kuchingni sarflashing kerak.
Osmonda boqiy uchaman deb, o'ylamang. Hech nima abadiy emas. Ertaga qanday qilib yerga umrbod qulaganingizni anglamay ham qolasiz.
Aytadigan gapi yo‘q odam hammadan ko‘p vaysaydi.