Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Barcha orzularimiz ro‘yobga chiqishi mumkin - faqat ularni amalga oshirishga jasoratimiz yetsa.
Qo‘rqoqlar orzu qilmaydi.
Inson hayotning ma’nosini ko‘rish uchun orzu qilishi kerak.
Orzu qilmasang - aql ham seni tark etadi.
Umr qisqa, ko‘ngilsizliklardan tushkunlikka tushaverma! Aks holda hayoting yig‘i-sig‘i bilan o‘tganini bilmay qolasan. Har bir kuningdan zavq olib yasha!
Osmonda boqiy uchaman deb, o'ylamang. Hech nima abadiy emas. Ertaga qanday qilib yerga umrbod qulaganingizni anglamay ham qolasiz.
Faqat orzuingizga yaqinlashtiradigan ishlarni qiling.
Har bir kishiga kerak bo‘lgan yagona jasorat - bu o‘z orzulari ortidan ergashish yo'li.
Odamlar doim tanqid qilishadi. Seni sindirishlariga yo‘l qo‘yma. Maqsadga erishish - qasos olishning eng yaxshi ususli.
Erkak kishining bo'shi - oilaning halokati.
Vaqti kelganda \"yo'q\" deyishni ham odat qil.
Insonlardan umid kutma, parvardigorga ishon va undan so'ra, hamma ishing a'lo bo'ladi.
Qarshingda o'lim peshvoz chiqsa ham umidingni uzma!
Do'stingni kimligini bilmoqchi bo'lsang, undan qarz so'rab ko'r.
Men rejali insonman. Har doim maqsadni tasavvur qilib, unga intilaman. Ishonchim komilki, ko‘p mehnat qilsang, ko‘p pul topasan. Sening qo‘lingdan hamma ish keladi.
Muvaffaqiyatli bo‘lish uchun xudbin bo‘lish kerak. Aks holda hech narsaga erisha olmaysiz. Maqsadingiz cho‘qqisiga yetganingizdan so‘ng, beg‘araz bo‘ling. Atrofdagilar bilan aloqada bo‘ling, o‘zingizni boshqalardan ustun qo‘ymang.
O‘z-o‘zini sevish nima? Bu hayotda o'z maqsadini topish va o‘zingizga yoqadigan ish bilan mashgul bo'lish.
Hozir erishganlarimning barchasiga ko‘p mehnat qilganim uchun erishdim. Hech narsa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. O‘zingizni maqsadga to‘liq bag‘ishlashingiz kerak. Albatta, qisman omad ham kerak.
Kimning maqsadi bo‘lmasa, u hech bir mashg‘ulotdan zavq olmaydi.
Agar hayotda o‘z maqsadingiz bo‘lmasa, unda kimning maqsad bo‘lsa, o‘sha odam uchun ishlaysiz.