Men rejali insonman. Har doim maqsadni tasavvur qilib, unga intilaman. Ishonchim komilki, ko‘p mehnat qilsang, ko‘p pul topasan. Sening qo‘lingdan hamma ish keladi.
Boshqa aforizmlar
Insonning axloqiy fazilatlarini uning alohida harakatlariga emas, balki kundalik turmush tarziga qarab baholash lozim.
Yolg‘iz o‘zimiz juda oz, birgalikda esa juda ko‘p ish qilishimiz mumkin.
Endi biz qushlardek havoda uchishni, baliqlardek suv ostida suzishni o‘rgangan ekanmiz, bizga faqat bir narsa yetishmayapti, u ham bo‘lsa, odamlarga o‘xshab yashashni o‘rganish.
Har bir orzu qiluvchi shuni biladiki, hech qachon bormagan joyni, hatto bo‘lgan joydan ham ko‘proq sog‘inish mumkinligi haqiqatdir.
Kuz - odamlar bir-birlarini so‘zlari, his-tuyg‘ulari, lablari bilan isitishlari kerak bo‘lgan fasl... O‘shanda hech qanday sovuq qo‘rqinchli emas!
Ishonchni sotib olib bo‘lmaydi - uni oqlash kerak.