Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Buyuklik cho‘qqilariga mashaqqatli yo‘l olib boradi.
Eng ashaddiy dushmaningiz ortingizda yashamasligiga harakat qiling.\n\n
Amalga oshirilmagan g‘oya - bu noto‘g‘ri tushuncha.
Hech qachon muvaffaqiyat boshingizni aylantirishiga, omadsizlik esa yuragingizni sindirishiga yo‘l qo‘ymang.
Siz o‘z baxtingiz kalitini o‘zingiz bilan olib yurasiz.\n\n
Muvaffaqiyatsizlikka uchramadim. Men shunchaki 10 000 ta ish bermaydigan usullarga to'qnash kelib qoldim.
Muvaffaqiyatni nishonlamoq yaxshi, ammo muvaffaqiyatsizliklardan saboq olish undan ham muhimroq.
Bizga do‘st bo‘ladiganlarga ham, dushmanlarga ham do‘stlik va muhabbat qo‘lini cho‘zishimiz kerak.
Agar siz hayotga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartirsangiz, siz nazar tashlagan hamma narsa o‘zgaradi.
Bizning eng katta shon-shuhratimiz hech qachon yiqilmaslikda emas, balki har safar yiqilganimizda o‘rnimizdan turishimizda.\n\n
Muvaffaqiyatsizlik - bu shunchaki yangidan boshlash imkoniyati, bu safar esa eski xatoni takrorlamang!
O'tmishingiz bilan emas, tasavvuringiz bilan yashang.
Oyoqda mustahkam turganingizga ishonch hosil qiling, keyin esa o‘zingizni dadil tuting.
Agar siz haqiqatan ham biror narsa qilishni istasangiz, buning yo‘lini topasiz. Agar istamasangiz, bahona topasiz.\n\n
Agar siz katta ishlarni qila olmasangiz, kichik ishlarni keng ko‘lamda bajaring.
Maktabdagi ta’lim,hayotdagi ta’limimga xalaqit bermasligini angladim.
Hayot velosiped haydashga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun harakat qilish kerak.
Yutuqlaringiz, qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qadrlang, ulardan foydalaning, lekin shu bilan cheklanib qolmang.
O‘z oldingizga yuksak maqsadlar qo‘ying va unga erishmaguningizcha to‘xtamang!
Senga g‘alaba qozona olmasligingni aytishi mumkin bo‘lgan yagona odam - bu o‘zingsan va buni eshitishing shart emas.