Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Eng qiyini - harakat qilishga qaror qilish, qolgani - qat’iyat.
Ta’lim dunyoni o‘zgartirish uchun ishlatishingiz mumkin bo‘lgan eng kuchli quroldir.
O‘zida yo‘q narsadan xafa bo‘lmay, o‘zida bor narsadan xursand bo‘lgan kishi donodir.
Muvaffaqiyatli inson - bu boshqalar unga tashlaydigan g‘ishtlardan mustahkam poydevor qura oladigan insondir.
Muvaffaqiyatli odam o‘z xatolari ustida ishlaydi va yana urinib ko‘radi, lekin boshqacha yo‘l bilan.\n\n
Xato qilib, tuzatmagan odam yana xato qiladi.
Bitta jasur odam ko‘pchilik o'rnini bosa oladi.
Muvaffaqiyatli odam bo‘lishga emas, balki nimagadir arziydigan odam bo‘lishga harakat qiling.
O‘zini yenggan kishi eng buyuk jangchidir.
Ayollar bu o‘yinni xuddi erkaklar kabi o‘ynashni o‘rganishlari kerak.
Biror narsa demoqchi bo‘lsangiz, erkakdan so‘rang, biror narsa qilmoqchi bo‘lsangiz, ayoldan so‘rang.
Ayol o‘ziga o‘zi yaxshi do‘st bo‘lsa, hayot osonlashadi.
Ayollar o‘rganishi kerak bo‘lgan narsa shuki, sizga hech kim hokimiyat bermaydi. Siz uni o'zingiz olasiz.\n\n
Qirolichadek o‘yla. Qirolicha muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaydi. Omadsizlik buyuklik sari qo‘yilgan yana bir qadamdir.
Biz shunchaki boshqa odamlarni kutib o‘tirmaymiz. Biz yaratamiz va amalga oshiramiz.
Biz doimgidan yaxshiroq bo‘lishga intilsak, atrofimizdagi hamma narsa ham yaxshilanadi.
Men omadga qattiq ishonaman va qanchalik tirishqoqlik bilan ishlasam, omadim ham kelaveradi.
O'z oldiga maqsad qo‘yish - bu muvaffaqiyatli kelajakning siri.
Qanchalik ko‘p narsani bilish kerakligini tushunish - bu hayotni o‘rganishning boshlanish qismi deganidir.
Tajriba - qattiqqo‘l o‘qituvchi degani, chunki u avval sinovdan o'tkazadi, keyin esa saboq beradi.