Motivatsiya

Motivatsiya mavzusida 187 ta aforizma.

Faqatgina xatti-harakatlar nimanidir o‘zgartiradi. Harakatsizlik esa bir joyda qotishdir.
Muvaffaqiyatlilar muntazam ravishda omadsizlar qo‘rqadigan ishlarni qilishga odatlanadi.
Maqsad qo‘yish - orzuni haqiqatga aylantirish yo‘lidagi birinchi qadam.
Muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyatga iforini beruvchi ziravordir.
Inson qo‘rquvni chetga surib, parvoz qilishi lozim. Shunda maqsadga erisha oladi.
Insonga yashashga arziydigan maqsad bering va u har qanday vaziyatda omon qolishi mumkin.
Ildam bo'l! Agar sustkashlik qilsang - maqsadga erisha olmaysan. Sust odamning ishi o‘ngidan kelmaydi.
Manzilga yetmoq uchun, avvalo, yurish kerak.
Yangi g'oyalarni sinab ko‘ring, hech qachon afsuslanmaysiz. Aslida qo‘lingizdan keladigan ishlarning chegarasi yo‘q.
Kurash bo‘lmasa, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.\n\n
Buyuklik cho‘qqilariga mashaqqatli yo‘l olib boradi.
Muvaffaqiyatsizlikka uchramadim. Men shunchaki 10 000 ta ish bermaydigan usullarga to'qnash kelib qoldim.
Har bir zarba meni keyingi raundga yaqinlashtiradi.
Muvaffaqiyatni nishonlamoq yaxshi, ammo muvaffaqiyatsizliklardan saboq olish undan ham muhimroq.
Bizning eng katta shon-shuhratimiz hech qachon yiqilmaslikda emas, balki har safar yiqilganimizda o‘rnimizdan turishimizda.\n\n
Muvaffaqiyatsizlik - bu shunchaki yangidan boshlash imkoniyati, bu safar esa eski xatoni takrorlamang!
Oyoqda mustahkam turganingizga ishonch hosil qiling, keyin esa o‘zingizni dadil tuting.
Agar siz katta ishlarni qila olmasangiz, kichik ishlarni keng ko‘lamda bajaring.
Yutuqlaringiz, qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qadrlang, ulardan foydalaning, lekin shu bilan cheklanib qolmang.
O‘z oldingizga yuksak maqsadlar qo‘ying va unga erishmaguningizcha to‘xtamang!