Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Motivatsiya
Motivatsiya
Motivatsiya mavzusida 187 ta aforizma.
Mazmunli hayot osmondan tushmaydi, uni biz amalga oshiramiz, u qalbimizda mujassam.
Bu hayot biror nnimadan xafa bo‘lishga arziydimi? Hammasi o‘tib ketadi, bu ham o‘tib ketadi.
Qancha ko‘p qiyinchiliklarni yengsak, kelajagimiz mustahkam va barqaror bo'ladi.
Orzu qildim va ishondim. Rejalashtirdim va harakat qildim. Men buni uddaladim. Hammasi juda oddiy. Qalbingizga quloq soling. U siz o‘ylagandan ham ko‘prog'ini biladi. Unga ishoning va qalbingiz \"jizillagan\" ishni qiling.
Qabul qilingan qaror sizni boshqa tanlovdan mahrum qilishidan qo‘rqasiz va bu irodangizni sindiradi. Bunday vaziyatda hayot sizga tayyorlab qo‘ygan eng yaxshi narsalarni qo‘ldan boy beryapsiz. Sababi - ichki olovning yo‘qligi.
Shaxsiy qobiqdan chiqib, dunyoga nazar tashlash vaqti keldi. Hayot tarzingni o‘zgartirmasang, haqiqiy hayot yoningdan o‘tib ketadi.
Barcha o‘tib bo‘lmas devorlar oddiy va \"tushunarli\" g‘ishtlardan iborat.
Kimdir bugun soyada dam olmoqda, chunki ku ko‘p yillar oldin daraxt ekkan.
Bugun boshqalar istamagan ishni qil - ertaga boshqalar qila olmaydigan tarzda yashaysan.
Maqsad qo‘yish ko‘rinmas narsani ko‘rinadiganga aylantirish uchun birinchi qadamdir.
Qat’iyatli bo‘lsam, har qanday to‘siqni yengib o‘taman.
Harakatni boshlash eng qiyini, qolgan hamma narsa faqat qat’iyatga bog‘liq.
Inson aqli nimaiki tushunishga qodir bo‘lsa va nimaga ishonishga qodir bo‘lsa, hammasiga erishish mumkin.
Haqiqiy chempion bo‘lish uchun hech kim ishonmay qo‘ygan paytda o‘zingga ishonishing kerak.
O‘z oldimizga imkoniyatimizdan yuqori vazifalarni qo‘yishimiz kerak.
Inson buyuk maqsad yo‘lida o'zini safarbar etsa, o‘z ishida ham shu darajaga oliy baxtga erishadi.
Hayotda o‘z oldiga ma’lum bir maqsad qo‘yish kerak... Buning uchun kuchingiz yetadigan vazifalarni qo‘yish, sog‘lom fikrga ega bo‘lishingiz kerak.
Imkoniyatingiz bor, demak yutqazmaesiz.
Har qanday yutuq sinab ko‘rishdan boshlanadi.
Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik o‘rtasidagi farq qobiliyat yoki noyob g‘oyada emas, balki o‘z g‘oyalariga ishonch bildirish, tavakkal qilish va harakat qilishdadir.
5 / 10