Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Umr
Umr
Umr mavzusida 113 ta aforizma.
Hayotni faqat orqaga nazar tashlab tushunsa bo‘ladi, ammo oldinga qarab yashash lozim.
Bu hayotda shunday ishlar bo'ladiki, ularni tushunib ham, qabul qilib ham bo‘lmaydi... Ularni shunchaki boshdan kechirish kerak.
Ehtimol, hayotdagi eng muhim ko‘nikma - o‘z orzungizni mahkam ushlash va uni qo‘yib yubormaslikdir.
Hayot bog‘dorchilikka o‘xshaydi: mo‘jizalar to‘plang, go‘zallik eking, begona o‘tlarni yig‘ishtiring va o‘sishdan zavqlaning!
Hech nimani \"alohida holat uchun\" qoldirmang. Sizning hayotingiz - bu alohida hodisa!
Yangi sahifalar ularni to‘ldirishga tayyor bo‘lganingizda paydo bo‘ladi.
Sabrli bo‘ling. Barchasi siz tasavvur qila olmaydigan yo‘llar bilan o‘z-o‘zidan bir butun bo‘lib shakllanadi.
Kichkina quvonchlar bilan qalbni to‘ydirish - yashashning eng yaxshi usuli.
Uzoq yashashni istasangiz, shoshmang!
Yashamoq - ishlash demakdir. Mehnat insonning hayotidir.
Qancha yashashimizni bilmaymiz; yashaganimizni isbotlaydigan ishlarni qoldiraylik!
Fikrlar hayotning boshlanishiga qaytsa - demak, umr nihoyasiga yaqinlashmoqda.
Hayotni ahmoqona o‘tkazishga aqlim yetdi.
6 / 6