Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Maktabdagi mashg‘ulotlarim ta’limimga xalal berishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaganman.
Faqat sevgan ilmimngizni o‘rganishingiz mumkin.
Eng dono va eng ahmoqlar ta’lim olishga moyil emaslar.
Biz bolalarimizga o‘rgatayotgan saboqqa o‘zimiz ishonishimiz kerak.
Inson boshqalarning takomillashuviga yordam bermaguncha, o‘zi shunga erisha olmaydi.
Afsuski, biz hayot uchun emas, balki maktab uchun o‘qiymiz.
Tabiat hammasi haqida shunday g‘amxo‘rlik qilganki, qayerga borma, o‘rganadigan nimadir topasan.
Bolalarga katta bo‘lganlarida kerak bo‘ladigan faoliyatni o‘rgatish kerak.
Taqdir hech qachon bir eshikni ochmasdan, boshqasini yopib qo‘ymaydi.
Inson hayoti tugamaguncha, taqdir uni baxtli qilingani haqida xulosa chiqarish noto‘g‘ri.
Taqdir — irodasi bo‘sh kishilarning o‘z baxtsizliklarini oqlashda eng asosli vajdir.
Har kim o‘z taqdirining temirchisi.
Taqdir — irodasizlarning bahonasi.
Insonlar taqdir deb ataydigani, aslida, ular yo‘l qo‘ygan ahmoqliklarning yig‘indisi.
Inson qalbi faqat uni ezadigan ishlarni taqdir deb atashi achinarlidir.
Inson taqdiri ko‘p hollarda uning xarakteriga bog‘liq.
Taqdirdan qochmoqchi bo‘lganlar, o‘zlari bilmay unga peshvoz chiqadilar.
Taqdirda tasodif bo'lmaydi, inson o‘z taqdirini o‘zi yaratadi.
Hayotimizni kutilmaganda o‘zgartiradigan voqealar tasodif emas. Barchasi o‘zimizda yashiringan bo‘lib, faqatgina tashqi turtki orqali harakatga keladi.
Taqdir charxi tegirmon qanotlaridan ham tezroq aylanadi, kechagina yuqorida bo‘lganlar bugun tuproqqa qorishib ketdi.
115 / 126