Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Kitobiy bilim bezak-u, asos emas.
Maktab bizni mavjud bo‘lmagan dunyoda yashashga tayyorlamoqda.
Hech narsa o‘qimaydigan kishi, faqat gazeta o‘qiydigan odamdan ko‘ra bilimdonroqdir.
Qadimda odamlar o‘zlarini takomillashtirish maqsadida ilm olishardi. Bugungi kunda esa boshqalarni hayratga solish uchun o‘qishmoqda.
O‘quvchi o‘qituvchini namuna sifatida ko‘rsa-yu, raqib deb bilmasa, hech qachon undan o‘zib keta olmaydi.\n\n
Qancha umr ko‘rsang ham, butun hayoting davomida o‘rganishing lozim.
Tarbiya va ta’lim bir-biri bilan bog'liq. Bilim bermasdan tarbiyalash mumkin emas, har qanday bilim esa tarbiya bilan boshlanadi.
Ta’lim o‘z-o‘zidan maqsad bo‘la olmaydi.
Ta’limning oliy maqsadi faqatgina bilim emas, balki eng avvalo amaliy harakatdir.
Haqiqiy o‘qituvchi seni doimo tarbiyalab turuvchi emas, balki o‘zligingni topishingga ko‘maklashuvchi insondir.
Ba’zilar universitetga ilm olish uchun borsa, aksariyat qismi professorlarning fikrlarini o‘zlashtirishni maqsad qiladi.
Sifatli ta’limning belgisi - qiyin mavzularni oddiy so‘zlar bilan tushuntira olishdir.
Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun o‘rgatayotgan fanni sevishi va o‘quvchilarni ham yaxshi ko'rishi kerak.
Pedagog - bu yangi avlodga asrlar davomida to‘plangan barcha qimmatli boyliklarni yetkazishi, ammo xurofot, illat va kasalliklardan uzoq bo'lishi lozim.
Sarmoyali bilimlar yaxshiroq esda qoladi.
O‘qituvchi o‘rgatuvchi emas, o‘rganuvchi.
Boshqalarni tarbiyalash uchun, avvalo o‘zimizni tarbiyalashimiz lozim.
Faqat ta’lim muassasasida bilim olgan bola, aslida ta’lim olmagan boladir.
O‘qituvchi o‘quvchilarning xotirasiga emas, balki aqliga murojaat qilishi, faqatgina yodlashga emas, balki tushunishga erishishga intilishi lozim.
Katta yoshda o‘rganishdan uyalma: hech o‘rganmaslikdan ko‘ra kechroq o‘rganish afzal.
114 / 126