Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Do‘stlik barcha insonlar hayotiga uchraydi, ammo uni asrab qolish uchun ba’zida xafagarchilikni ham unutish kerak.
Sevgi bir tomonlama bo‘lishi mumkin, ammo do‘stlik hech qachon shunday bo‘lolmaydi.
Ishonchsizlik boshlangan yerda do‘stlik tugaydi.
Do‘stlik - insonning shaxsiy qadr-qimmati boshqalarda aks etishidir.
Muhabbat bir tomonlama bo‘lishi mumkin. Do‘stlik esa - aslo.
Do‘stlik odamlarni muhabbatdan ko‘ra kuchliroq birlashtiradi.
Hayot davomida saqlab qolingan do‘stlik nafaqat uning yorqin tomonlariga tasalli va joziba qo‘shadi, balki qiyinchiliklarni ham yengillashtiradi.
Odamlar bilan shunday yashaginki, do‘stlaring dushmanga aylanmasin, dushmanlar esa do‘stga aylansin.
Do‘st uchun o‘lish uncha qiyin emas, lekin uning uchun o‘lishga arziydigan do‘stni topish qiyinroqdir.
Haqiqiy do‘stlik faqat bir-birining arzimas kamchiliklarini kechira oladigan insonlar orasidagina bo‘ladi.
Inson baxt uyida do‘stlik devorlarni quradi, muhabbat esa gumbazni shakllantiradi.
Har bir do‘st ham yaxshi maslahatchi emas, shuningdek, har bir maslahat beruvchi ham yaxshi do‘st bo‘lavermaydi.
Do‘st - bu ichki tuyg'ularin bemalol ayta oladigan insondir.
Do‘stlik quvonchni ikki barobar ko‘paytiradi, g‘am-qayg‘uni esa yarmiga kamaytiradi.
Do‘stlar qiyinchilikda sinaladi deyishadi, ammo quvonchli kunda ham ularning asl qiyofasi namoyon bo‘ladi.
Ta’limning inson uchun eng buyuk ne’mat ekanligini isbotlashga hojat yo‘q. Ta’limsiz odamlar qo‘pol, qashshoq va baxtsiz bo‘ladilar.
Ta’lim - aqlning ko‘zgusi.
Bolalarga o‘rgatiladigan fanlar ularning yoshiga mos kelishi lozim, aks holda ularda aqlparastlik, modaparastlik va shuhratparastlik rivojlanib qolishi xavfi mavjud.
Qarshi chiqishga moyil va ko‘p vaysaydigan kishi zarur bo‘lgan bilimni o‘rganishga qodir emas.
O‘ylamasdan o‘qish bekorchilik, lekin o‘qimasdan o‘ylash ham xatodir.
113 / 126