Ta’limning oliy maqsadi faqatgina bilim emas, balki eng avvalo amaliy harakatdir.

N.I. Miron

Boshqa aforizmlar

Shirinliklar, pechene va konfetlar bilan bolalardan sog‘lom insonlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Jismoniy ozuqa kabi, ma’naviy ozuqa ham oddiy va to‘yimli bo‘lishi lozim.

Robert Shuman

O‘rtamiyona o‘qituvchi ma’ruza qiladi. Yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi. Ajoyib o‘qituvchi namoyish etadi. Buyuk ustoz ilhom beradi.

Uilyam Artur Uord

Chinakam o‘quvchi ma’lum bilimlar yordamida noma’lum jihatlarni o‘rganishga intiladi va shu orqali o‘qituvchisiga tobora yaqinlashib boradi.

Iogann Volfgang fon Gyote

Ota-onalarning birinchi muammosi - farzandlariga madaniyatli jamiyatda o‘zlarini qanday tutishni o‘rgatish; ikkinchisi esa - o‘sha madaniyatli jamiyatni topish.

Robert Orben