Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Biror narsa demoqchi bo‘lsangiz, erkakdan so‘rang, biror narsa qilmoqchi bo‘lsangiz, ayoldan so‘rang.
Ayol o‘ziga o‘zi yaxshi do‘st bo‘lsa, hayot osonlashadi.
Ayollar o‘rganishi kerak bo‘lgan narsa shuki, sizga hech kim hokimiyat bermaydi. Siz uni o'zingiz olasiz.\n\n
Qirolichadek o‘yla. Qirolicha muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaydi. Omadsizlik buyuklik sari qo‘yilgan yana bir qadamdir.
Biz shunchaki boshqa odamlarni kutib o‘tirmaymiz. Biz yaratamiz va amalga oshiramiz.
Biz doimgidan yaxshiroq bo‘lishga intilsak, atrofimizdagi hamma narsa ham yaxshilanadi.
Men omadga qattiq ishonaman va qanchalik tirishqoqlik bilan ishlasam, omadim ham kelaveradi.
O'z oldiga maqsad qo‘yish - bu muvaffaqiyatli kelajakning siri.
Qanchalik ko‘p narsani bilish kerakligini tushunish - bu hayotni o‘rganishning boshlanish qismi deganidir.
Tajriba - qattiqqo‘l o‘qituvchi degani, chunki u avval sinovdan o'tkazadi, keyin esa saboq beradi.
Muvaffaqiyatdan ko‘ra xatolardan ko‘proq saboq olinadi. Doim harakatda bo'ling! Muvaffaqiyatsizliklar insonnni toblaydi.
Kechagi kun bugungi kunda qaraganda juda ko‘p vaqt egallashiga yo‘l qo‘ymang!\n\n
Pessimist har bir imkoniyatda qiyinchiliklarni ko‘radi. Optimist har bir qiyinchilikda imkoniyat ko‘radi.
Men hech qachon muvaffaqiyat haqida orzu qilmaganman. Faqatgina mehnat qildim, xolos.
Muvaffaqiyatga erishishning uchta yo‘li bor: birinchisi - mehrli bo‘lish. Ikkinchisi ham mehribon bo‘lish. Uchinchisi ham aynan shunday.
Muvaffaqiyatni muvaffaqiyatsizlik asosida rivojlantiring. Umidsizlik va muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyat sari qo‘yilgan eng ishonchli qadamlardir.\n\n
Muvaffaqiyat va mag‘lubiyat yo‘li deyarli bir xil.
Taqlid qilishda muvaffaqiyat qozonishdan ko‘ra, o'z kuchi bilan muvaffaqiyatsizlikka uchrash yaxshiroq.
Muvaffaqiyat uzil-kesil emas, muvaffaqiyatsizlik ham to'xtab qolish emas: davom etish uchun jasorat muhim.
Tavakkal qilsakkina, hayotimiz yaxshilanadi. Biz qilishimiz kerak bo‘lgan birinchi va eng qiyin tavakkal - bu halol bo‘lishdir.
96 / 126