Sevgan kishingizning kamchiliklari ham yoqimli tuyuladi, sevmagan odamingizning esa hatto fazilatlari ham g‘ashingizni keltiradi.
Umar Xayyomning boshqa so'zlari
Inson qalbi qanchalik past bo‘lsa, burnini shunchalik baland ko‘taradi. U qalbi yetib bormagan joyga burnini suqadi.
Atrofga kulib boqing. Har bir inson siz bilan uchrashuvni bir in’om deb his etsin.
Dengizda delfin bilan kambala baliq o‘ynab yurardi. Delfin: "Qanday go‘zal baliq ekan", deb o‘yladi. Kambala esa: "Qanday xunuk ekan", deb o‘yladi... Hasad juda yomon tuyg‘u-da.
Do‘sting bilan ham, dushmaning bilan ham yaxshi munosabatda bo‘lishing kerak! Tabiatan mehribon bo‘lgan kishida yovuzlik topilmas. Do‘stingni xafa qilsang, dushman orttirasan, dushmanni bag‘ringga bossang, do‘st topasan.
Tushkunlikka tushgan erta o‘ladi.
Boshqa aforizmlar
Aql hammada bor, shunchaki hamma ham uning ko‘rsatmalarni tushunib yetmaydi.
Hayot xuddi hikoyaga o‘xshaydi: unda qahramonlarni o‘zimiz yaratamiz, ammo ularni har doim ham boshqara olmaymiz.
Harakatsizlik qalbning halokatidir.
- Siz meni ahmoq deb o‘ylayapsizmi? - Yo‘q, lekin men ham adashishim mumkin.
Kulgili bo‘lishdan qo‘rqsang, konkida uchishni o‘rgana olmaysan. Hayot muzi sirpanchiq.
Yaqin kishiga nisbatan eng katta gunoh nafrat emas, balki befarqlikdir; bu chindan ham insoniylikdan yiroqlikning cho‘qqisidir.