Yashash uchun odam ovqat yeyishi, ishlashi va uxlashi kerak, deyishadi-yu, lekin asosiy narsani unutib qo‘yishadi. Hayot mazmunli o'tishi uchun baxtli bo‘lish kerak!
Boshqa aforizmlar
Hayot xuddi romanga o‘xshaydi: unda sarguzashtlarga boy sahifalar ham, chuqur falsafiy mushohadalarga to‘la boblar ham bo‘ladi.
Ko‘pincha motivatsiya uzoq davom etmasligini aytishadi. Ammo xuddi shu holat tetiklantiruvchi dush bilan ham sodir bo‘ladi, shuning uchun uni har kuni qabul qilish tavsiya etiladi.
Har qanday mehnat va ishda erishilgan muvaffaqiyat odamlar o‘rtasida o‘zaro hasadni keltirib chiqaradi. Bu esa behuda urinish va ruhiy azobdan boshqa narsa emas!
Men hayotim o‘zgarishini yillar davomida kutdim, ammo hozir tushundimki, aslida hayot mening o‘zgarishimni kutayotgan ekan.
O‘zingga yaxshi bo‘lgan narsani og‘riqli sanama.
Faoliyatim davomida 9000 marta xatoga yo‘l qo‘ydim. Men deyarli 300 ta o‘yinda yutqazdim. 26 marta menga hal qiluvchi zarba ishonib topshirilgan va men xatoga yo‘l qo‘yganman. Hayotimda qayta-qayta mag‘lubiyatga uchradim. Shuning uchun ham men omadliman.