Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Baxt
Baxt
Baxt mavzusida 121 ta aforizma.
Baxtsizlikni ham, baxtli ham - inson o‘zi yaratadi.
Baxtsiz bo‘lish qanchalik oson va baxtli bo‘lish qanchalik qiyin...
Baxtli odam baxtsiz odamga aql o‘rgatishi oson.
Jahannam ezgu niyatlar-la to‘lib-toshgandur, arshi a’lo esa yaxshi amallar ila!\"
Kamtarlik kambag‘alni bezaydi, boylik boyni.
Baxtlilar bugundan yashaydi! Qolganlari - goh ertaga, goh kecha...
Unutganlar baxtlidir, chunki ular o‘z xatosini eslamaydi.
Kimki boshqalarsiz ham yashay olaman, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi; lekin kimki boshqalar mensiz yashay olmaydi, deb o‘ylasa, undan ham ko'p yanglishadi.
Mening xatoyim shunda ediki, faqat gullaydigan daraxtdan meva kutganim.
Yagona xato - o‘tmishdagi xatolarni to‘g‘rilamaslik.
Ko‘pchilik erkaklar yonoqdagi kulgichlarni sevib qolib, adashib butunboshli qizga uylanishadi.
Onalik meni juda charchatadi va shu bilan birga baxtli qiladi.
Onaning quchog‘i boshqa quchoqlardan ko‘ra kuchli tasalli beradi.
Ona hammaning o‘rnini bosa oladigan, lekin uning o‘rnini hech kim bosa olmaydigan insondir.
O‘zgarishdan qo'rqmaydiganlar harakatsizlardan ancha kuchli va baxtli.
Sevimli bo‘lish boy bo‘lishdan ko‘ra yaxshi, chunki sevilish baxtli bo‘lishni anglatadi.
Agar ayol intuitsiyasi bo‘lmaganida, qanchadan-qancha erkaklar o‘z baxtini chetlab o‘tgan bo‘lardi.
O‘zingga yoqqan ishni qilish - bu erkinlik. Qilayotgan ishingizni sevish - bu baxt.
Hayotdagi katta muvaffaqiyat hech qachon yiqilmaslikda emas, balki har yiqilganda ko‘tarilishdadir.
Yashashning siri yetti marta yiqilib, sakkiz marta turishdir.
2 / 7