Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Baxt
Baxt
Baxt mavzusida 121 ta aforizma.
Sen - la’l izlash yo‘liga chiqqan konsan, Sen - visol umidi bilan yashovchi seviklisan. Bu sodda, ammo dono so‘zlar mag‘zini angla: Nimani izlasang, albatta o‘zingdan topasan!
Baxt ortidan quvma: u doim sen bilan!.
Boshqalarning baxt-saodati haqida qayg‘urib, o‘zimizning baxtimizni topamiz.
Kuchingiz va yoshingiz yetguncha mehnat qiling.
Mehnat shundayki, undan ham foyda, sharaf keltirsin.
Hayotdan quvonch topa bilish - bu baxtni jalb qilishning eng yaxshi usuli.
Kichkina quvonchlar bilan qalbni to‘ydirish - yashashning eng yaxshi usuli.
To tirik ekanmiz, yashaylik.
Baxtlilar yashaydi bugun! Qolganlari - goh ertaga, goh kecha...
Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Bugunni baxtli o‘tkazish - bizning vazifamiz.
Kuz - odamlar bir-birlarini so‘zlari, his-tuyg‘ulari, lablari bilan isitishlari kerak bo‘lgan fasl... O‘shanda hech qanday sovuq qo‘rqinchli emas!
Pulsiz ledi bo‘lish mumkin emas.
Baxt har doim o‘zing xohlagan ishni qilishda emas, balki har doim qilayotgan ishingni xohlashingdadir.
Baxt ko‘p mehnat qilgan odamga nasib etadi.
Xotirjamlik va sabr-toqat ichki kuchning eng katta ko‘rinishidir. Bunday kuchga ega bo‘lgan odam esa istagan narsasiga erisha oladi.
Kimning qalbida quyosh porlasa, bulutli kunda ham quyoshni ko‘radi.
Boshqalarning baxtidan quvonadigan kishi buyuk insondir. U har doim baxtli bo‘ladi.
Men bilgan yagona go‘zallik - bu sog‘liq.
Yaxshilik qilsam, o‘zimni yaxshi his qilaman. Yomon ish qilsam, o‘zimni yomon his qilaman. Mana mening dinim.
Shunday yashaginki, odamlar sen bilan yuzma-yuz kelganda tabassum qilsin, har bir so‘zing esa ularni oz bo'lsa ham baxtli qilsin.
3 / 7