Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Idrok
Idrok
Idrok mavzusida 520 ta aforizma.
Ikki kishi bir xil ishni qilganda, bu endi avvalgidek bir xil bo‘lmaydi.
Bilgan qiladi, bilmagan o‘rgatadi.
O‘zimizdan bilim va baxt qoldirishga harakat qilishimiz, merosimizni avaylab va ko‘paytirishimiz lozim.
Oilaning o‘rnini hech nima bosa olmaydi. Shuning uchun, oila qurishdan oldin, siz uchun nima muhimroqligini o‘ylab ko‘ring - hammasi yoki oila.
Qalbingiz, yuragingiz bo‘lsa, demak siz insonsiz!
Hayotni ikki xil yo‘l bilan yashab o‘tish mumkin. Buning bir yo‘li - mo‘jizalar bo‘lmaydi deb o‘ylash. Ikkinchisi - sodir bo‘layotgan hamma narsani mo‘jiza deb o‘ylash.
Xotirjamlik va sabr-toqat ichki kuchning eng katta ko‘rinishidir. Bunday kuchga ega bo‘lgan odam esa istagan narsasiga erisha oladi.
Eng muhimi esa qalbda tartib o‘rnatishdir. Uchta \"yo'q\" qoidasiga amal qilamiz: shikoyat qilmaymiz, boshqalarni ayblamaymiz, o‘zimizni oqlamaymiz.
Boshqalarning baxtidan quvonadigan kishi buyuk insondir. U har doim baxtli bo‘ladi.
Atrofga boshqacha ko‘z bilan qarasangiz bas, hayot boshqacha yo‘nalishda davom etaveradi.
Vaziyat, zamon va makondan qat’i nazar, aslida qanday bo‘lsa, shundayligicha qolgan insonlar hurmatga loyiqdir.
Aqlli bo‘lish uchun hech qachon kech emas.
Hayot inson tasavvuri yaratishga qodir bo‘lgan barchasidan beqiyos darajada g‘aroyibdir.
Hayot bilan muloqotda uning savoli emas, bizning javobimiz muhim.
Seni ko‘rishim uchun gapir.
Hamma uzoq yashashni istaydi, qarigandan keyin esa uni ayblashadi.
Odamlar ko‘priklar o‘rniga devorlar qurganlaridan so‘ng yolg‘iz qoladilar.
O‘z yo‘lini topish, hayotdagi o‘z o‘rnini bilish - inson uchun hamma narsa shunda, bu uning uchun o‘zligini anglash demakdir.
Hayotning vazifasi ko‘pchilik tomonida turish emas, balki o‘zing anglab yetgan ichki qonunga muvofiq yashashdir.
Hayot, umuman olganda, faktlar va hodisalardan iborat emas. U asosan miyada doimo aylanib yuradigan fikrlar bo‘ronidan iborat.
17 / 26