Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Hozirgi kunda odamlar hamma narsaning qadrini bilishadi, lekin hech nimaning qadriga yetishmaydi.
Toza vijdonli inson uyqusi xotirjam, qalbi ham osoyishta bo‘ladi.
O‘z irodangga egalik qil, vijdoningga xizmat qil — ana shunda haq yo‘ldan adashmaysan.
Vijdonini yo‘qotgan odam hamma narsasidan ajralgan hisoblanadi.
Faqat aql, ilm, iroda va vijdon insonni yuksaltiradi. Boshqacha yo‘l bilan yuksalish mumkin deb o‘ylash esa faqat nodonning ishidir.
Zakovatdan ulug‘roq boylik, jaholatdan yomonroq qashshoqlik, odob-axloqdan afzalroq meros yo‘qdir.
Vijdon – insonning hayvondan farqini isbotlovchi dalildir.\n\n
Pok vijdon — ko'ngilsiz xotiralarga oynadir.
Or-nomusni tortib olib bo‘lmaydi, uni yo‘qotish mumkin.
Insonning qadr-qimmati uning maqsadga erishgan yoki erishmaganiga qarab emas, balki shu maqsad sari qanday yo‘l bilan borganiga qarab belgilanadi.
Inson halol bo‘lsa, boshqalarni vijdonsizlikda gumon qilishga shunchalik kam moyil bo‘ladi.
Or-nomus — insonning tashqi vijdoni, vijdon esa uning ichki or-nomusidir.
Libosni yangiligida asra, nomusni yoshlikdan.
Sevgan kishingizdan sizni nima uchun sevishini hech qachon so‘ramang: agar u bu haqda o‘ylanib qolsa, sizni sevishga arzigulik hech nima yo‘qligi ayon bo‘lib qolishi mumkin.
Muhabbat va munosabatlar nafaqat jismoniy yaqinlik va iliq tuyg‘ular, balki o‘z ustida tinimsiz ishlashni talab etadigan mashaqqatli mehnat hamdir.
Kimnidir sevsangiz, unga nisbatan yon bosib turishingizga to'g'ri keladi.
Bir-birimizning ko‘zlarimizga tikilb: men o‘zimni, u esa o‘zini ko‘rdi.
Men eski zamon odamiman. Munosabatlarda eng asosiysi – ishonch. Bordiyu u yo‘qolsa, qolgan hammasi barbod bo‘ladi.
Ishonch va halollik nafaqat shaxs uchun, balki butun jamiyat uchun ham muhimdir.
O‘zingizga ishoning va siz qanday yashash kerakligini darhol anglab yetasiz.