Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

O'zgalarga ishonish yaxshi, lekin ishonmaslik undan ham yaxshiroq.
Ozor beradiganlar hamisha topiladi. Odamlarga ishonishda davom etish mumkin, faqat biroz ehtiyotkorroq bo‘lish lozim.
Ishonuvchan bo‘lish oson, qayta ishonmoq qiyin.
Ishonchsa bo'ladigan insonlar, ishonch ila javob qaytaradi.
Ishonch yillar davomida quriladigan, ammo birgina xato bilan barbod bo‘lishi mumkin bo‘lgan tuyg‘udir.
O‘zingizni ishongandek ko'rsating, lekin hech qachon va hech kimga ishonmang.
Hayot bir lahza — uni baxt bilan o‘tkaz.
Ko‘p narsani bilgan odam emas, o‘zini anglagan inson donishmanddir.
Kechagi kun o‘tdi, ertangi kun hali kelmadi — demak, bugungi kun bilan yasha!
Bu dunyoda hech nima abadiy emas — na g‘am, na shodlik.
Shifokor ozoda bo‘lishi, yaxshi kiyimlarda yurishi kerak, zero bularning barchasi bemorlarda ishonch uyg‘otadi.
Arzimagan ishlarga beparvo bo‘lgan kishiga muhim ishlarni ishonib topshirib bo‘lmaydi.
Menga yolg‘on gapirganingdan xafa emasman, bundan keyin senga ishonolmasligimdan xafaman.
Donolar sharoitga emas, g‘oyaga tayanadi.
Yetarli darajada ishonmagan odam ishonchga sazovor bo‘lmaydi.
Qiyin ahvolga tushib qolgan odamning maslahatiga hech qachon ishonmang.
Ishonchni sotib olib bo‘lmaydi - uni oqlash kerak.
Ishonch — munosabatlarda ko‘prik qurish uchun asosiy qurilish materialidir.
Baxtsiz baxtli bo‘lishi mumkin, nomussiz - hech qachon!
Inson o‘zini nima baxtsiz qilayotganini bila turib, baribir o‘zini o‘zi baxtsiz qilaveradi.