Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Umringiz boqiy emas, birovning hayoti bilan yashab, uni behuda sarflamang.
Hayot - bu shunday jumboqki, uni qabul qilishni bilish va o‘zini doimiy savol bilan qiynamaslik kerak. Hayotingizni o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalar bilan to‘ldirganingiz ma’qul.
Agar hayotda lazzat bo‘lmasa, unda hech bo‘lmaganda ma’no bo‘lishi kerak.
Yengil hayot bizni hech narsaga o‘rgatmaydi. Eng muhimi, biz oxir-oqibat nimani o‘rgandik, nimani angladik va qanday ulg‘aydik.
Hayotning ma’nosi nima? Boshqalarga xizmat qilish va yaxshilik qilish.
Hayot bir lahzalik. Uni avval qoralamada yashab, keyin oqqa ko‘chirib bo‘lmaydi.
Hayotimizning ma’nosi uzluksiz harakatdir.
Hayotingizdagi muhim ikki kun: tug‘ilgan kuningiz va buning sababini tushungan kuningiz.
Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, balki hayotingiz mazmunli bo‘lishi uchun intiling.
Umringni uzaytirmoqchi bo‘lsang, taomingni qisqartir.
Tan salomatligidan ortiq boylik yo‘q hamda qalb quvonchidan ortiq quvonch yo‘q.
Inson tabiatiga ko‘ra nafaqat kelajakdagi sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish uchun, balki hozirgi kunda ham o‘zini yaxshi his qilgani uchun me’yorni saqlashga intiladi.
Ovqatni dori o‘rnida yemasang, dorini ovqat o‘rnida yeysan!
Kim jismonan baquvvat bo‘lsa, issiqqa ham, sovuqqa ham chidaydi. Ruhan sog‘lom odam ham g‘azabga ham, qayg‘uga ham, quvonchga ham, boshqa his-tuyg‘ularga ham bardosh bera oladi.
Yaxshiroq bo‘lsang, o‘zing ham yaxshi bo‘lasan.
Dam olishga vaqt topa olmaydigan odamlar ertami-kechmi kasal bo‘lsa shifokorga borish uchun vaqt topadilar.
Salomatligingizni ertalab va bahordan qanchalik quvonishingizga qarab baholang.
Uyqu tabiat malhamidir.
Boshni o‘ylamasdan ko‘zni davolashga kirishish yoki butun organizmni o‘ylamasdan boshni davolash mumkin bo‘lmaganidek, ruhni davolamasdan tanani davolash mumkin emas.
Taom tanovul qilishda boshqalardan ko‘proq yeya bilish nuqson, ozrog‘iga to‘ya bilish fazilatdir.
61 / 87