Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Hayotda albatta to‘xtab turish pallalari bo‘lishi kerak. Shunday damlardaki, siz bilan hech narsa yuz bermaydi, siz shunchaki o‘tirib Dunyoga nazar solasiz, u esa sizga qarab turadi.
Zaiflar hech qachon kechirmaydi. Kechira olish qobiliyati kuchli insonlarga xos xususiyatdir.
Xatolar bo‘lmaydi. Hayotimizga kirib kelayotgan voqealar, ular biz uchun qanchalik noxush bo‘lmasin, biz o‘rganishimiz lozim bo‘lgan narsalarni o‘zlashtirishimiz uchun zarurdir.
Biri atirgulning hidini ajrata olmaydi. Boshqasi achchiq o‘tlardan asal oladi. Kimgadir arzimas narsa bersang, umrbod eslab qoladi. Kimgadir butun umringni bersang ham, u tushunmaydi.
Qalbida quyosh porlayotgan kishi, eng bulutli kunda ham quyoshni ko‘ra oladi.
Boshqalarning baxtidan quvonadigan inson doimo o‘zi ham baxtli bo‘ladi.
Kim ishni qilishni xohlasa, yo‘lini topadi, kim xohlamasa, bahona izlaydi.
Kimki orzu-istaklarga va umidlarga to‘la bo‘lsa, u allaqachon kelajakda yashayotgan bo‘ladi.
Hayotdagi eng buyuk baxt - bizni sevishlariga bo‘lgan ishonchdir. Bu sevgi yo bizni borligimizcha qabul qilganlari uchun, yoki qanday bo‘lishimizdan qat’i nazar, bizni sevishlariga bo‘lgan ishonchdir.
Kimki uchishni o‘rganmoqchi bo‘lsa, avvalo tik turishni, yurishni, yugurishni, tirmashishni va raqsga tushishni o‘rganishi lozim: bir zumda uchishni o‘rganib bo‘lmaydi!
Hayotdagi yagona baxt - doimiy ravishda oldinga intilishdir.
Baxtni quvib yurish shart emas, uning yo‘lida bo‘lishning o‘zi kifoya.
Yosh - bu shunchaki miyangizga o‘zingiz qo‘ygan cheklov, xolos.
Hayotdagi yagona baxt - doimo oldinga intilishdir.
Xudo senga yordam berishini istasang, avvalo o‘z kuchingni sarflashing kerak.
Inson yashash uchun tug‘iladi, hayotga tayyorgarlik ko‘rish uchun emas.
Qiyinchiliklar oldida chekinma. Uning yuziga tik qara. Ustun kelmaguningcha sabr qil.
Sabrli insonni oshig'i olchi.
Hayot - bu drama, undan zerikarli parchalar olib tashlangan.
Eng qiyini harakatni boshlash, qolgani faqat qat’iyatga bog‘liq.
85 / 87