Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Biz hammamiz oz-ozdan, qanday bo‘lsa ham, nimanidir o‘rganib oldik.
Atrofga kulib boqing. Har bir inson siz bilan uchrashuvni bir in’om deb his etsin.
Agar qirg‘oqni ko‘zdan yo‘qotishdan cho‘chisang, hech qachon okeanni suzib o‘ta olmaysan.
Miyamda tez-tez hayotimning ssenariylarini tuzaman... va bundan zavqlanaman... bu ssenariylarda hamma narsa samimiy va o‘zaro bo‘lganidan lazzatlanaman...
Inson eski sahifalarni doimo varaqlab, qayta-qayta o‘qiyversa, o‘z hayotida yangi sahifa yoza olmaydi.
Buyuk ishlarni bajarish kerak, mulohaza qilish kerak emas.
Bir kun kelib yaxshi bir ish yaratmoqchi bo‘lsang, shuni yodingda tut - o‘sha ajoyib kun aynan bugundir.
Vaqt - bu koinot bizning istaklarimizning haqiqiyligini sinovdan o‘tkazadigan usul. Ehtimol, shu sababli biz hech qachon hammasini bir yo‘la qo‘lga kirita olmaymiz.
Hayotdagi eng katta g‘alaba - o‘zingizning salbiy fikrlashingiz ustidan erishgan g‘alabadir.
Esda tut, hayot velosiped minishga o‘xshaydi: agar senga qiyin bo‘lsa, demak yuqoriga ko‘tarilyapsan!
Nimani xohlayotganingni bilmasang, oxir-oqibat o‘zing sira istamaydigan narsa bilan qolishing aniq.
Muvaffaqiyatni insonning hayotda erishgan mavqei bilan emas, balki muvaffaqiyatga intilish jarayonida yengib o‘tgan qiyin hayotiy vaziyatlari bilan o‘lchash maqsadga muvofiqdir.
Kim eshikni taqillatmasa, unga ochilmaydi. Kim urinib ko‘rmasa, natijaga erishmaydi.
Voqealarga boshqacha nazar tashlash kifoya, shunda hayot boshqa yo‘nalishda oqa boshlaydi.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, yolg‘iz bo‘la olish qobiliyati sevish qobiliyatining asosiy shartidir.
Biror kishiga o‘z fikringizni bildirmasdan avval, u buni qabul qila olish, olmasligini o‘ylab ko‘ring.
Hayotimizdagi o‘zgarishlar o‘z tanlovlarimiz va qarorlarimizning natijasidir.
\"Vaqtim yo‘q...\" degan iboradan voz kechsangiz, tez orada hayotingizda zarur deb bilgan deyarli barchasiga vaqtingiz borligini anglab yetasiz.
Bir kun kelib hayotingga shunday baxt kiradiki, tushunib yetasan - u o‘tmishdagi barcha yo‘qotishlaring evaziga arziydi.
Hayot qonunlaridan biri shunday: bir eshik yopilganda, boshqasi ochiladi. Ammo muammoning asli shundaki, biz yopiq eshikka tikilib qolamiz-u, ochilgan eshikni payqamaymiz.
118 / 126