Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Kitoblarni emas, odamlarni o‘rganish foydaliroqdir.
Na san’at, na donishmandlik o‘rganilmasa erishib bo‘lmaydi.
Avval biz bolalarimizga ta’lim beramiz. So‘ngra o‘zimiz ulardan o‘rganamiz. Kim buni xohlamasa, u o‘z zamonidan ortda qoladi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchi oldindagilarni quvib yetishi va ortdagilarni kutib o‘tirmasligi lozim.
Ta’limning yagona maqsadi insonning yo‘qolgan tabiatini topishdir.
O‘qishni xohlamaydigan odam hech qachon chinakam inson bo‘la olmaydi.
Ozgina bilish uchun ko‘p o‘qish kerak.
Kimki hech narsa haqida so‘ramasa, u hech narsani o‘rganmaydi.
Qiyin fanning o'zi yo‘q, ammo biz shunchaki bilmaydiganlar behisob, undan-da ko‘proq yomoni, uzuq-yuluq, hatto noto‘g‘ri o‘zlashtirilgan bilimlar mavjudligi. Mana shu noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘proq to‘xtatib qo‘yadi va adashtiradi.
Ishim qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik ko‘p o‘rganaman.
O‘quvchining erkin fikrlash har qanday samarali ta’limning yagona mustahkam poydevoridir.
Tartib aniq tushunishga yordam beradi.
Istaksiz o‘qiydigan o‘quvchi qanotsiz qushga o‘xshaydi.
Majburiy ta’lim mustahkam bo‘lolmaydi, lekin qiziqish bilan olingan ta’lim istalgan natijani beradi.
Ilm olishda to‘xtab bo‘lmaydi.
Ustozidan oshib ketmagan shogird hech kim emas.
Yaratish uchun o‘rganishingiz kerak!
Aqlli odam yoshi ulg‘ayganida ham yoshligida o‘rganib ulgurmaganni o‘rganishdan or qilmaydi.
Nimani o‘rganmagin, o‘zing uchun o‘rganasan.
Xalq maqolida aytilganidek, ta’lim faqat yorug‘lik emas, balki erkinlik hamdir. Insonni bilimchalik ozod qiladigan boshqa omil yo‘q.
117 / 126