Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
So‘zda hammasi oson ko‘rinadi. Barchamiz so‘z ustasimiz. Ammo faqat xatti-harakatlarimiz aslida kim ekanligimizni ko‘rsatadi.
Sinchiklab qarasam, vaqt o‘tishi bilan yuz berayotgandek tuyulgan o‘zgarishlar aslida hech qanday o‘zgarish emasligini anglayapman: faqatgina voqralarga bo‘lgan qarashlarim o‘zgarmoqda, xolos.
Har kun yaxshi bo‘lavermaydi, muhimi har kunning yaxshi tomonlarini xotirada saqlashdir.
Siz chiqish yo‘li yo‘q deb o‘ylaydigan paytda, o‘z hayotingizning prodyuseri ekanligingizni eslab qo‘ying.
O‘zingni faqat seni yuqoriga ko‘taradigan odamlar bilan o‘rab ol. Hayotning o‘zi shundoq ham seni pastga tortmoqchi bo‘lganlar bilan to‘lib-toshgan.
Hayotning sizga tabassum qilishini istasangiz, avvalo o‘zingizning yaxshi kayfiyatingizni unga in’om eting.
Hayotdan nolima - sen yashagan hayotni kimdir orzu qiladi.
Biror kishiga to‘liq va so‘zsiz ishonch bildirsangiz, oqibatda ikki narsadan birini qo‘lga kiritasiz: yo umr bo‘yi yoningizda qoladigan inson, yo umr bo‘yi esda saqlanadigan saboq.
Sevgi - boshqalar bilan chiqishishning eng yaxshi yo‘li.
Hayotda har kimning shunday odami bor: biri seni hech qachon qo‘yib yubormaydigan, boshqasi esa sen hech qachon qo‘yib yubormaydigan.
Vaziyat, zamon va makondan qat’i nazar, o‘zining asl mohiyatini saqlab qoladigan insonlar hurmatga sazovordir.
Agar kimdir hayotingda qolishini xohlasang, unga hech qachon loqayd munosabatda bo‘lma.
Yaxshi odamlar sizga baxt keltiradi, yomon odamlar esa tajriba bilan taqdirlaydi. Eng yomonlari sizga saboq beradi, eng yaxshilari esa xotiralarni tuhfa etadi.
Hayotimizdagi eng muhim so‘zlarni biz ichimizda aytamiz.
O‘z uyida baxtli bo‘lgan inson baxtlidir.
Agar kimdir sen sababli boshqaga xiyonat qilgan bo‘lsa, u bilan hayotingni bog‘lashga shoshilma. Ertami-kechmi u boshqa birov tufayli senga ham xiyonat qiladi.
Kimnidir yo‘qotishdan qo‘rqmang. Hayotingizda kerakli insonni yo‘qotmaysiz. Sizga faqat tajriba uchun kelganlar yo‘qoladi. Taqdir sizga yuborgan kishilar esa yoningizda qoladi.
Kimnidir unutishga urinish - uni doimo yodda tutish deganidir.
Hayotda hech qachon xato qilmaydigan odam - bu yangi g'oyalarni sinab ko‘rmaydigan insondir.
Men hech narsadan afsuslanmayman - bu bema’ni tuyulsa ham.
120 / 126