Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Agar odam sayohatda o‘zgarmay qolsa, bu yaxshi sayohat emas.
Sayohat qilishning o‘ziga xos afzalliklari bor. Agar sayohatchi eng yaxshi mamlakatlarga tashrif buyursa, u o‘z mamlakatini qanday yaxshilashni o‘rganishi mumkin. Agar taqdir uni eng yomon mamlakatlarga olib borsa, u o‘z mamlakatini sevishni o‘rganadi.
Har bir sayohatning o‘zi bilmagan sirli maqsadi bor, bu haqda sayohatchining o‘zida hech qanday tasavvur yo‘q.
Dunyo kitobdir, sayohat qilmagan kishi uning bitta sahifasini o‘qiydi.
Faqat o‘zingga teng yoki o‘zingdan afzal kishilar bilan safar qil. Agar bundaylar bo‘lmasa, yolg‘iz sayohat qil.
Qancha o‘qiganingni aytma, qancha sayohat qilganingni ayt.
Sayohatni odamlar yaratmaydi - sayohat odamlarni yaratadi.
Sayohat qilishning foydasi shundaki, u tasavvuringizni voqelikka moslashtirishga imkon beradi. Shuningdek, hamma narsa qanday bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylash o‘rniga, barcha narsani bor holida ko‘rish imkoniyatini yaratadi.
Sayohatchi ko‘rganini ko‘radi, sayyoh ko‘rishni istaganini ko‘radi.
Bo‘sh vaqtni oqilona taqsimlay bilish madaniyatlilikning eng yuqori pog‘onasidir.
Sayyoh biror joyga kelishi bilan darhol orqaga qaytishni xohlay boshlaydi. Sayohatchi esa... U qaytib kelmasligi ham mumkin...
Temir yo‘l chiptasi lotereyaga qaraganda ko‘proq umid uyg‘otadi.
Sayohat qilish - bu boshqalarning boshqa mamlakatlar haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarini fosh qilish demakdir.
Insonni uch narsa baxtli qiladi: muhabbat, qiziqarli ish va sayohat qilish imkoniyati.
U yoki bu shaharga bo‘lgan muhabbat shaharning o‘ziga emas, balki unda boshdan kechirilgan his-tuyg‘ularga bog‘liq.
Hayot - bu yo‘l. Kim bilan borishni tanla!
Sayohat ham xuddi nikoh kabidir. Asosiy yanglishish - bularni nazorat qila olaman deb o‘ylashdir.
Endi tushundimki, odamni yoqtirishing yoki yoqtirmasligingni bilishning eng to‘g‘ri yo‘li u bilan sayohat qilish ekan.
Sayohatlar biz ko‘rmoqchi bo‘lgan narsalarga qiziqishimizni emas, balki tark etayotgan narsamizdan charchaganimizni ko‘rsatadi.
Yashash majburiy emas. Sayohat qilish esa zaruriyatdir.
56 / 126