Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Sayohat, eng buyuk va jiddiy fan sifatida, bizga o‘z-o‘zimizni qaytadan anglashda yordam beradi.
Men qayergadir kelish uchun emas, bormoq uchun sayohat qilaman. Asosiysi - harakat.
Bunda qandaydir sehr bor: bir odam bo‘lib ketasan-u, butunlay boshqa inson bo‘lib qaytasan.
Sayohat paytidagi hayot - bu sof ko‘rinishdagi orzu.
Sayohat - sarflagan pulingiz evaziga sizni qalban boy qiladigan tuyg'u.
Sarguzasht xavfli deb o‘ylasangiz, odatdagidek yashayvering. U undan ham halokatli.
Yashagan ko‘pni ko‘radi. Sayohat qilgan undan ham ko‘proq biladi.
Oxirida qayerga borishing emas, balki bu yo‘lda seni qanday sarguzashtlar kutib olishi muhim.
Yasha, sayohat qil, hech nimadan afsuslanma va taqdirga shukr qil.
Biz go‘zallikni topish uchun dunyo bo‘ylab sayohat qilamiz; uni o‘zimizda saqlamasak, u bizga o‘zini namoyon etmaydi.
Sayohat qilgan odamgina yangi yo‘llarni ochadi.
Kuzatish qobiliyatiga ega bo‘lmagan sayyohni qanotsiz qushga o‘xshatish mumkin.
Boshingizni eski, tanish yostiqqa qo‘ymaguncha, sayohatning qanchalik ajoyib ekanligini tushunib yetish qiyin.
Qayerga ketayotganingni bilmasang, har qanday yo‘l to‘g‘ri keladi.
Narigi qirg‘oqdan oy nur sochib turganini ko‘rib, o‘zgarib ketdim.
Agar boshqalarning urf-odatlari va dinini hurmat qilmasangiz, odamlardan o‘zingizni olib qochsangiz - yaxshisi uyda qoling.
Xurofot, toqatsizlik va tor fikrlilik sayohatlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Odamlar sayohatlarni yaratmaydi, aksincha, sayohatlar insonlarni kashf etadi.
Biz hayotdan qochish uchun emas, balki hayot bizni tark etmasligi uchun sayohat qilamiz.
Insonlar o‘zlarini faqat sarguzashtlar orqali topishi va anglashi mumkin.
57 / 126