Tabassumingiz eng muzday yurakni ham eritishga qodir, u sehrli kuch va baxt taratadi.
Noma'lum muallifning boshqa so'zlari
Ishni boshlash uchun ilhomni kutish emas, balki chaqirish kerak. Harakat har doim ilhom uyg‘otadi. Ilhom kamdan-kam hollarda harakatni keltirib chiqaradi.
O‘zingiz yoqtirgan kasbni tanlang - shunda hayotingizda bir kun ham majburiyat yuzasidan ishlaganingizni his qilmaysiz.
Yaxshilikni ham, burchni ham unutgan noshukur odam yolg‘izlikka mahkum.
Bu dunyoda hamma aktyorlar niqob taqadi, hamma o‘z rolini o‘ynaydi.
Shunday go‘zal yaratilgan dunyo qanday qilib yomon bo‘lishi mumkin?
Boshqa aforizmlar
O‘zgarish - hayot qonuni. Kimki faqat o‘tmishga yoki faqat bugunga qarasa, shubhasiz, kelajakni o‘tkazib yuboradi.
Bir xil umrni 75 marta yashab qo’yib, uni umr deb atamang.
Saxiy inson – munosib kishiga kerakli narsani o'z vaqtda beradigan kishidir.
Yomonlik qilma - bumerangdek qaytadi, quduqqa tupurma - suvini ichasan, o‘zingdan pastroqni xo‘rlama - balki biror narsa so‘rashga to‘g‘ri kelar. Do‘stlaringga xiyonat qilma - ularni almashtirib bo‘lmas, sevganlaringni yo‘qotma - qaytarib bo‘lmas, o‘zingga yolg‘on gapirma - vaqt o‘tib, yolg‘on bilan o‘zingga xiyonat qilayotganingni tushunib yetarsan.
Eng yaxshi yo‘l - har doim shu yo‘ldan o‘tish.
Ko‘ngling g‘ashlansa, tabiatga quloq tut! Olam sukunati odamlarning so'zlaridan ko‘ra yaxshiroq tinchlantiradi.