Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Insonda aql qanchalik kam bo‘lsa, shuhratparastlik shunchalik kuchli bo‘ladi.
Har birimiz o‘tmish avlodlar yaratgan g‘oyalar va e’tiqodlar muhitida dunyoga kelamiz.
Tanqid ijoddan ko‘ra ko‘proq madaniyatni talab qiladi.
Har qanday falsafaning boshida taajjub yotadi.
Hatto qaroqchilar to‘dasi ham to‘da bo‘lib qolish uchun muayyan axloqiy talablarga rioya qilishi shart; ular butun dunyoni talashi mumkin, lekin bir-birini emas.
O‘qimishli odam boshqalarga e’tiroz bildiradi, dono esa o‘z-o‘ziga.
Axloq yomonlik bilan birga paydo bo‘lgan.
Odamlarga haqiqat aytilsa, jamiyat ham ishonchli, ham mustahkam bo‘ladi.
Do‘stlar seni qanday bo‘lsang, shundayligingcha qabul qiladi; turmush o‘rtog‘ing esa seni sevgan holda yanada yaxshiroq inson bo‘lishingni istaydi.
Insondagi barcha fazilat va zaifliklar u bilan birga yuksaladi ham, qulaydi ham.
Hamma narsani xohlaydigan odam aslida hech nima istamaydi.
Hayot to‘xtamaydi — inson ham unga hamohang ravishda doimo olg‘a yurishi kerak.
Haqiqiy shon-shuhrat — bu ismingizning ishingizdan qimmatroq baholanishidir.
Tanqidchi aktyorning sahnadagi har bir zo‘riqishini diqqat bilan kuzatadi va uni teran anglashga harakat qiladi.
Dahoning chegarasi bor, ahmoqlik esa bunday cheklovlardan ozoddir.
Odamlarni faqat ularning asl qiyofasini ko‘rsatibgina tuzatish mumkin.
Odamlarga samimiy bo‘l. Donoroq bo‘lishni istasang - donoliging bilan ozor yetkazma.
Taqdir insonga baxtsizlik yuborganida, undan chiqish uchun bir eshikni ochiq qoldiradi.
Muhabbat – ehtiroslarning eng qudratlisi, zero u ayni bir paytda ham aqlni, ham qalbni, ham jismni zabt etadi.
Muvaffaqiyatga erishganimizda, birdaniga do‘stimizga aylanib qolgan odamlarning sonidan hayratlanamiz.
2 / 126