Odamga loy otganingizda, shuni yodda tutingki, u odamga yetib bormasligi mumkin, ammo qo‘llaringizda qolib ketadi.
Umar Xayyomning boshqa so'zlari
Biz quvonch manbai va g‘am-anduh konimiz. Biz ifloslik makoni va pokiza buloq ham o‘zimiz. Inson go‘yo ko‘p qiyofali dunyo ko‘zgusidir. U arzimas-u, ayni paytda beqiyos ulug‘dir!
Bu bevafo dunyoda ahmoq bo‘lmagin: Atrofdagilarga ishonishni o‘ylamagin. Eng yaqin do‘stingga sinchkov nazar sol - do‘sting balki eng yovuz dushmaning bo‘lib chiqar.
Sening do‘sting sen bilan dasturxon atrofida ichishni xush ko‘rgan emas, balki har qanday qiyinchilikda yordamga shoshiladigan insondir. U senga ishonchli qo‘l cho‘zib, tashvishlardan xalos etadi. Hatto senga yordam berganini ham sezdirmaydi.
Och qolgan sher ovqatdan voz kechishi mumkin, lekin ayol pastkashlik va yolg‘ondan voz kechishi qiyin.
Sevgi bir tomonlama bo‘lishi mumkin, ammo do‘stlik hech qachon shunday bo‘lolmaydi.
Boshqa aforizmlar
Noto‘g‘ri burilishdan keyin orqaga tashlangan qadam esa to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadamdir.
Ayol o‘ziga o‘zi yaxshi do‘st bo‘lsa, hayot osonlashadi.
Halol yashash uchun tirishish, adashish, kurashish, xato qilish, boshlab tashlash, yana boshlab yana tashlash, doimo kurashish va yo‘qotishlarga duch kelish kerak. Xotirjamlik esa qalbning tubanligidir.
Noshukurlik, eng yomon sifat.
Muvaffaqiyatsizlik - bu shunchaki yangidan boshlash imkoniyati, bu safar esa eski xatoni takrorlamang!
Hayotda bir marta ham yiqilmaslik eng katta yutuq emas. Eng muhimi, har safar o‘rnidan turib ketishdir.