Shuhrat - mehnat qo‘lida.
Leonardo da Vinchining boshqa so'zlari
Harakat qilish qanchalik muhim ekanligidan hayratda qoldim. Bilmoqning o‘zi yetarli emas, bilimdan foydalanish kerak. Biror narsani xohlamoq kamlik qiladi, qilish kerak.
Xatolaringizni ochib beruvchi dushman, ularni yashiruvchi do‘stdan ko‘ra tuzukroq.
Kimki obro‘siga tayanib bahslashsa, u aqlini emas, balki xotirasini ishga soladi.
Tabiat hammasiga shunday g‘amxo‘rlik qilganki, har joyda o‘rganiladigan nimadir topiladi.
Harakatlar qilishning qanchalik muhimligidan hayratga tushdim. Faqat bilishning o‘zi yetarli emas ekan, bilimni qo‘llash zarur. Biror narsani shunchaki xohlashning o‘zi kamlik qiladi, uni amalga oshirish kerak.
Boshqa aforizmlar
Mehnat bilan hammasini yengib o'tish mumkin.
Biznes sustkashlar uchun emas. Bu o‘z g‘oyalariga ishongan va ular ustida ishlashga tayyor bo‘lganlar uchun.
Maqsadingizga erishib bo‘lmaydigandek tuyulsa, uni o‘zgartirmang - harakat rejangizni o‘zgartiring.
Harakat ishtahani qo‘zg‘atganidek, mehnat lazzatga bo'lgan tashnalikni qo‘zg‘atadi.
Mehnat qil, mehribon bo‘l, hayoting go'zal bo'ladi.
Paydo bo‘lgan istaklar kechiktirilmasdan amalga oshirilishi kerak. Aks holda, barchasi nihoyasiga yetishi miumkin. Umr qisqa, hozirning o'zida istaklaringni amalga oshir!