Biz tark etganlar bizdan yaxshirog‘ini topsin, bizni tark etganlar esa biz eng yaxshisi ekanligimizni tushunib yetishsin!!!
Umar Xayyomning boshqa so'zlari
Bizning eng katta kuchimiz qalbimizning mehribonligi va nazokatidadir.
Olijanoblik va razillik, jasurlik va qo‘rquv - hammasi tug‘ilganimizdan boshlab tanamizga singib ketgan. Biz o‘la-o‘lgunimizcha yaxshilanmaymiz ham, yomonlashmaymiz ham.
Ketayotganni ushlab olishga urinma. Kelayotganni itarib yuborma. Shunda baxt o‘zi seni topib oladi.
Xunuk go‘zallikdan kuladi, nodon esa ijodkor dahosidan. Xoinlik qilgan sadoqatga qasam ichadi, sotqin mayin jilmayadi, g‘iybatchi esa qo‘ydek mag‘rur. Na boshi bor, na oxiri...
Yomonlik qilma - bumerangdek qaytadi, quduqqa tupurma - suvini ichasan, o‘zingdan pastroqni xo‘rlama - balki biror narsa so‘rashga to‘g‘ri kelar. Do‘stlaringga xiyonat qilma - ularni almashtirib bo‘lmas, sevganlaringni yo‘qotma - qaytarib bo‘lmas, o‘zingga yolg‘on gapirma - vaqt o‘tib, yolg‘on bilan o‘zingga xiyonat qilayotganingni tushunib yetarsan.
Boshqa aforizmlar
Inson qanchalik sukut saqlasa, shunchalik aqlli so‘zlay boshlaydi.
Agar hech qachon yashamagan hayotingga ega bo‘lishni istasang, hech qachon qilmagan ishlaringni qilishingga to‘g‘ri keladi.
Oilangizni seving, mehnat qiling, ishtiyoqingiz bilan yashang.
O‘zini hurmat qiladigan kishi boshqalardan himoyalangan bo‘ladi. U hech kim teshib o‘tolmaydigan sovut kiyib olgandir.
O‘zgarishlardan qo‘rqishimiz kerak emas. Siz turgan hovuzda o‘zingizni xavfsiz his qilishingiz mumkin, lekin agar siz undan chiqishga hech qachon tavakkal qilmasangiz, okean va dengiz mavjudligini hech qachon bila olmaysiz.
Inson ko‘p marta muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Lekin u o‘z xatolarida boshqa birovni ayblashni to'xtatsagina omadga erishadi!