Mehmonxona yaxshi yoki yomon, arzon yoki qimmat bo‘lishi ahamiyatsiz. Xonaga kirasiz-u, bir martalik sovun, bir martalik stakanchalarni ko‘rasiz va o‘zingizning ham bu yerda bir martalik ekaningizni anglaysiz. Ko‘pi bilan ikki martalik.
Noma'lum muallifning boshqa so'zlari
Agar aqlim tasavvur qila olsa, qalbim ham bunga ishonsa, men bunga albatta erisha olaman.
Meni qutqarishingni istamayman. O‘zimni qutqargunimcha yonimda turishingni istayman.
Pochta markasiga qarang. Kerakli tomonini yopishtirsangizgina undan muvaffaqiyatli foydalana olasiz. Hayotdagi hamma ham xuddi shunday.
Sayyohlar qayerda bo‘lganliklarini bilmaydilar, sayohatchilar esa yana qayerda bo‘lishlarini bilmaydilar.
Xushomad - tillo suvi yugurtirilgan so‘zlar, uning ostida esa asl bo‘lmagan metallar yotadi.
Boshqa aforizmlar
Har doim ko‘z oldimda porlagan va meni quvonchga to‘ldirgan ideallar - bu ezgulik, go‘zallik va haqiqatdir.
Eng katta to‘siq - qo‘rquv. Eng katta xato - tushkunlikka tushish.
Har bir vaziyatda ijobiy tomonlarni izlang. Musibat va xafagarchilikni ko‘rib, shukr qilish qiyin. Hayotingizda yoqimli, go‘zal va ilhomlantiruvchi baxtli lahzalarni topishga o‘zingizni majbur qiling. Yaxshi narsalarni o'ylang va atrofingizda sodir bo‘layotgan barcha ijobiy holatlarni seza boshlaydi. Nimani izlasangiz, o‘shani topasiz.
Hayotning ma’nosi uning o‘zida. Hayotning maqsadi esa undan zavq olishdir. Hayotiy asos - o‘z-o‘zini anglash.
Muvaffaqiyat tasodif emas. Bu mashaqqatli mehnat, qat’iyat, o‘rganish, o‘qish, fidoyilik va eng muhimi, qilayotgan yoki o‘rganayotgan ishingizga bo‘lgan muhabbatdir.
Hayotdagi yagona baxt - doimo olg‘a intilishdan iboratdir.