Odamlarni muhokama qilishni boshlasangiz, ularni sevishga vaqtingiz qolmaydi.
Ona Terezaning boshqa so'zlari
Yolg‘iz o‘zim dunyoni o‘zgartira olmayman, lekin ko‘plab to‘lqinlar hosil qilish uchun suvga tosh otishim mumkin.
Eng avvalo o‘zingizni sevishni o‘rganishingiz, shundan so‘nggina muhabbatingizni boshqalarga ulashishingiz kerak.
Quvonch - qalblarni ovlash uchun muhabbat to‘ridir.
Yaxshi so‘zlar qisqa bo‘lishi mumkin, ammo ularning aks sadosi chindan ham cheksiz.
Boshqa aforizmlar
Birinchidan, o‘yla. Ikkinchidan, ishon. Uchinchidan, ro‘yobga chiqadigan narsalarni orzu qil.
Lablaringiz chiroyli bo‘lishi uchun ezgu so‘zlar ayting. Ko‘zlaringiz go‘zal bo‘lishi uchun yaxshilik nurini tarating.
Buni qila olmayman deb aslo aytmang! Boshingizga tushsa qanday bajarganingizni ham anglamay qolasiz.
Odamlar muhtojlikda toblanib, ozodlik orzusi bilan yashaydilar. Ammo ozodlik kelgach, qanday yashashni bilmay qoladilar.
Ishoning va ko‘p mehnat qiling, shunda orzularingiz ro‘yobga chiqadi.
Inson avvalo o‘zini boshqarishni, o‘z qarorlariga amal qilishni o‘rganishi kerak.