Yaxshi kunlar osmondan tushmaydi. Ularni o‘zimiz yaratamiz va qalbimizda yashaydi.
Noma'lum muallifning boshqa so'zlari
Avvalo, o‘z hayotingizning qurboni emas, qahramoni bo‘ling.
Vaqt yo‘qligi haqida gapirmang. Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Tomas Jefferson, Paster, Xelen Keller, Albert Eynshteynda qancha vaqt bo‘lgan bo‘lsa, sizda ham shuncha imkoniyat bor.
Uydan chiqing! Sizni sarguzashtlar kutmoqda.
Yo‘l qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan eng katta aybimiz - xato qilishdan doimiy qo‘rqishdir.
Tarbiya - bu biz tarbiyalayotgan insonlarning qalbiga ta’sirimizdir.
Boshqa aforizmlar
Haqiqiy erkak - ayolning tug‘ilgan kunini aniq eslaydigan, lekin uning yoshini hech qachon bilmaydigan erkakdir. Ayolning tug‘ilgan kunini eslay olmaydigan, ammo necha yoshda ekanini aniq biladigan erkak - uning eridir.
Dunyoning istalgan joyida o‘zimni uydagidek sezaman. Men kabi odamlar uchun aynan o‘z uyida o‘zini uydagidek his qilish eng qiyin.
O‘z tajribangning bir grammi birovning bir tonna o‘gitidan qimmat turadi.
Muhabbat shamolga o‘xshaydi, uni ko‘rib bo‘lmaydi, lekin his qilish mumkin.
100 ta muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin ham umidsizlikka tushmaslik kerak, chunki 101 hayotingizni o‘zgartirishi mumkin.
Agar kamtarlik ko‘zga tashlansa, u zanjirdan uzilib ketmadimikan, tekshirib ko‘ring...