Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Kim shogirdlik qilmagan bo‘lsa, u hech qachon ustoz bo‘lolmaydi.\n\n
Tarbiya - buyuk: u orqali insonning taqdiri hal qilinadi.
Har bir inson umrining oxirgi kunigacha o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan shug‘ullanishi lozim.
Tarbiya jarayonida ko‘nikmalarni shakllantirish aqliy rivojlanishdan ustun turishi lozim.
Bolalarga doimo mukofot berish to‘g‘ri emas. Bunday qilish ularni xudbinlikka olib keladi va natijada noto'g'ri fikrlash tarzi shakllanadi.
Bolalar qisman kattalardan pessimizmni o‘zlashtiradi. Ular gubkaga o‘xshab, sizning so‘zlaringizni ham, so‘zlash uslubingizni ham o‘zlariga singdirib oladilar.\n\n
Tarbiya yaxshi odatlarni o‘zlashtirishdir.
Har bir bola ma’lum ma’noda daho, har bir daho esa ma’lum ma’noda boladir. Ularning o‘xshashligi soddalik va yuksak samimiyatda namoyon bo‘ladi.
Bolalardagi sho‘xlikni yo‘q qilsangiz, hech qachon donishmandlarni tarbiyalay olmaysiz.
Sevilmagan bolalar sevishni bilmaydigan insonga aylanadi.
Ota o‘z farzandlari uchun qila oladigan eng yaxshi vosita - ularning onasini sevishdir.
Farzandlariga mehnatsevarlik ko‘nikmalarini singdirgan inson, ularga meros qoldirganidan ko‘ra yaxshiroq ta’minlagan bo‘ladi.\n\n
Bolaga beradigan eng yaxshi sovg‘amiz uni sevish emas, balki uni o‘zini sevishni o‘rgatishdir.\n\n
Bola o‘ziga nisbatan samimiy va beg‘araz muhabbatni his qilisa baxtli bo‘la oladi.
Odamni baxtli bo‘lishga o‘rgatib bo‘lmaydi, ammo uni baxtli bo‘ladigan qilib tarbiyalash mumkin.
O‘z bolaligini eslay olmaydigan tarbiyachi yomon tarbiyachidir.
Sukut saqlash - suhbatlashishning eng buyuk usullaridan biridir.\n\n
Kelajak haqida o‘ylamasangiz, sizning kelajagingiz bo‘lmaydi.\n\n
Ehtiyojlarimiz asosan tabiat tomonidan emas, balki tarbiyamiz va odatlarimiz orqali shakllanadi.
Bolaning erkinligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, jazolash zarurati shunchalik kam bo‘ladi. Rag‘batlantirish qanchalik ko‘paysa, jazo berish shunchalik kamayadi.
108 / 126