Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Men ko‘p tashvishlarga bardosh bera olaman; agar yolg‘iz bo‘lmasam, har qanday qiyinchilikni ham yenga olaman.
Muhabbatning go‘zal tuyg'uligini faqat sadoqatli ayol biladi, fohisha emas.
O‘zingizga ishoning va qanday yashash kerakligini darhol tushunib olasiz.
Yomon davrada bo‘lgandan ko‘ra, yolg‘iz bo‘lgan afzal.
Haqiqatan ham qilmoqchi bo‘lgan ishingizdan hech qachon voz kechmang. Katta orzularga ega inson barcha faktlarni biladigan odamdan ҳам kuchliroqdir.
Agar miyangizda yaxshi fikrlar bo‘lsa, ular quyosh nurlari kabi yuzingizda porlaydi va sizni hamisha go‘zal ko‘rsatadi.
Muhimi, siz bilan nima sodir bo‘layotgani emas, balki unga qanday munosabat bo'lishingizda.
Kelajagingizni bashorat qilishning eng yaxshi usuli uni yaratishdir.
Orzu qilishdan to‘xtasang, yashashdan ham to‘xtaysan.
Xuddi ertaga o‘layotgandek yasha hamda abadiy yashaydigandek o‘rgan.
Hayot hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo emas, balki boshdan kechirilishi kerak bo‘lgan voqelikdir.
Agar baxtli hayot kechirishni istasangiz, uni odamlar yoki narsalarga emas, maqsadga bog‘lang.
Tasavvur qilishingiz mumkin bo‘lgan barchasi haqiqat.
Har bir lahza - bu yangi boshlanishdir.
Hayot shunday - hammasi barbod bo‘lganidan keyin qaytadan yana boshlash kerak.
Biri umid bilan yashadi, boshqasi esa umidsizlikka taslim bo‘ldi — har kim o‘z taqdirini o‘zi yaratsdi.
Agar umrbod bola bo‘lib qolishni istamasang, boshqalardan maslahat kutma. Yechimni o‘zingdan izlashni o‘rgan.
Odamlardan yaxshilikni ol, yomonga sabr qil.
Sen ovchisan yo kio‘lja, yo harakatdasan, yoki bo'lmasa charchab ortda sudralib yurasan.
Yaxshi kunlar osmondan tushmaydi. Ularni o‘zimiz yaratamiz va qalbimizda yashaydi.
3 / 126