Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Qish nima degani: bu o‘zingizni qanday qilib tinchlantirishni anglash keyin yana hayotga qaytishga tayyor bo‘lish mashqidir.
Agar bizda qish bo‘lmaganda edi, bahor bunchalik go‘zal bo‘lmasdi; agar biz ba’zan muvaffaqiyatsizliklarning achchiqligini his qilmaganimizda edi, farovonlik bunchalik qadrli bo'lmasdi.
Qishda menga yoqadigan narsa shuki, men o‘zimni yana yosh boladek his qilaman: qor farishtalarini yasayman, qor odamlarini quraman va qorbo‘ron qilaman.
Salom, qish. Sening kech otadigan tonglaring va sovuq nafaslaring meni yalqov qilib qo‘yadi, lekin men baribir seni sevaman.
Qish - bu shinamlik, mazali taomlar va iliqlik, do‘stona teginish va kamin yonida suhbatlashish vaqti: bu shinam uy.
Qish avjiga chiqqanda, ichimda yengilmas yoz yashayotganini oxir-oqibat tushunib yetdim.
Til ustida ishlash nihoyatda mashaqqatli mehnat talab etadi - ko‘rgan va ongingizda shakllanib ulgurgan narsalarni iloji boricha aniqroq ifodalashga intilish juda ko‘p kuch sarflashni taqozo qiladi.
Inson mehnati to‘liq ilm-fanga asoslanadi.
Mehnat barcha dardlarga shifodir.
Mehnat - bu insonning o‘z kuchi bilan biror narsa yaratishi.
Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi.
Nima qilmoqchi bo‘lganingni oldindan bilish jasorat va yengillik beradi.
Hech qachon katta ishlar qiyinchiliklarsiz bo‘lmaydi.
Insonning o‘z mehnatiga bo'lgan munosabati haqida nima deyish mumkin bo‘lsa, insonning insonga munosabati haqida ham shunday fikr yuritiladi.
Qo‘lingdan kelsa, bajar.
Haykalni ko‘rinish, odamni esa uning amallari bezaydi.
Agar qaroringiz qat’iy bo‘lsa, sizga umidsizlikka tushmaslikni maslahat beraman. Tirishqoqlik va mahorat bor joyda, deyarli hammasini imkonli. Buyuk ishlar kuch bilan emas, balki sabr-toqat bilan amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik odamlar qat’iyatliligi tufayli, o‘zlari uchun muqarrar muvaffaqiyatsizlik kutilgan joylarda ham muvaffaqiyatga erishadilar.
G‘alabaga bo‘lgan iroda ko‘pincha muvaffaqiyatsizlik va muvaffaqiyat o‘rtasidagi hal qiluvchi omilga aylanadi.
Sabr va matonat sehrli xususiyatga ega: uning oldida qiyinchiliklar va to‘siqlar yo‘qoladi.
37 / 126