Oilaviy hayotda sevikli kishining fikrlari, e’tiqodlari, his-tuyg‘ulari, intilishlari bilan hisoblashmoq kerak. O‘z qadr-qimmatini saqlagan holda, bir-biriga yon berishni bilish kerak.

Vasiliy Suxomlinskiy

Vasiliy Suxomlinskiyning boshqa so'zlari

Mehnat zavqi - bu avvalambor qiyinchiliklarni yengib o‘tish quvonchi, mana, biz jismoniy va ma’naviy kuchimizni sarflab, g‘olib bo‘ldik, uzoq vaqt intilib kelgan cho‘qqiga ko‘tarildik, deb faxr bilan his qilish va boshdan kechirishdir. Mehnat quvonchi - cho‘qqi sari sabot bilan harakat qilishda, tabiat kuchlari ustidan g‘alaba qozonishda.

Vasiliy Suxomlinskiy

Tashqi go‘zallik faqatgina tananing barcha qismlarining antropologik mukammalligi yoki sog‘liqdan iborat emas. Bu ichki ma’naviyat - fikrlar va tuyg‘ularning boy olami, axloqiy qadr-qimmat, boshqalarga va o‘ziga hurmat, kamtarlikdan iboratdir.

Vasiliy Suxomlinskiy

Boshqa aforizmlar

Axloqsiz munosabatlar orasida bolalarga qullarday munosabatda bo‘lish axloqsizlikning yaqqol ko'rinidhidir.

Georg Gegel

Farzandingiz va turmush o‘rtog‘ingizni birinchi o‘ringa qo‘yish - oilani mustahkam saqlashning eng yaxshi usuli.

Boris Vuychich

Oilaviy hayotda zukkolik va mag‘rur go‘zallikdan ko‘ra kamtarlik va mehribonlik ko‘proq kerak.

Dafna Dyu More

Oila inson uchun dunyodagi eng xavfsiz, tashvishlardan xoli maskanga aylanishi kerak.

Bred Pitt

Oila - dunyodagi eng oliy rishta. Agar oilangiz bo‘lmasa, hech nimangiz yo‘q deb hisoblang. Oila - bu sizning hayotingizdagi eng mustahkam qo'rg'on.

Djonni Depp