Genri Uodsvort Longfello

Genri Uodsvort Longfelloning mashhur iboralari

Xarakter, muomala, uslub, barcha fazilatlarning eng go‘zali - oddiylikdir.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Go'zallik

Biz o‘zimizni nimaga erishishga qodir ekanligimizga qarab baholaymiz; boshqalar esa bizni nimaga erishganligimizga qarab baholaydilar.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Imkoniyat, Muvaffaqiyat

Qat’iyat muvaffaqiyatning g‘oyat muhim unsuridir. Eshiklarni yetarlicha uzoq taqillatib tursangiz, albatta kimnidir uyg‘otasiz.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Imkoniyat

Taqdir insonga qanchalik shafqatsiz bo‘lmasin, u qanchalik tashlandiq va yolg‘iz bo‘lmasin, doimo unga noma’lum bo‘lsa-da, uning qalb nidosiga javob berishga tayyor ochiq bir yurak topiladi.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Hayot, Yaxshilik

O‘tmishga sog‘inch bilan boqmang. U qaytib kelmaydi. Bugungi va kelajakniaql bilan boshqaring. U sizniki. Olg‘a boring, tumanli kelajakka qo‘rqmasdan va mard yurak bilan peshvoz chiqing.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Hayot

Muhabbatni sotib olib bo‘lmaydi - u o‘zini hadya qiladi.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Muhabbat, Hayot

Toza qalb - bog‘, yaxshi fikr - ildizlar, chiroyli so‘zlar - gullar, yaxshi amallar - mevalardir. Bog‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling va uni begona o‘tlardan ehtiyot qiling, uni yaxshi so‘z va yaxshi amal nuri bilan to‘ldiring.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Yaxshilik

Men hayot jaziramasida kuydim, hayot yomg‘iri ostida shalabbo bo‘ldim va bu menga foyda keltirdi.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Sabr, Hayot

Bu dunyoda sevgidan shirinroq tuyg'u yo‘q. Ikkinchi o‘rinni, ehtimol, nafrat egallashi mumkin.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Muhabbat, Hayot

Behuda sarflangan muhabbat haqida so‘zlama! Muhabbat hech qachon zoye ketmaydi; agar u boshqa insonning qalbini boyitmagan bo‘lsa ham, uning suvlari xuddi yomg‘ir kabi o‘z manbasiga qaytib, uni yangilik va salqinlik bilan to‘ldiradi.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Muhabbat, Go'zallik, Hayot

Barchamiz o‘z taqdirimizning yaratuvchilarimiz, biroq vaqtga tobe’miz.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Taqdir, Hayot

O‘zini hurmat qiladigan kishi boshqalardan himoyalangan bo‘ladi. U hech kim teshib o‘tolmaydigan sovut kiyib olgandir.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Hayot, Taqdir

Musiqa - insoniyatning universal tili.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat

Qat’iyatlilik - bu eng buyuk marhamatdir.

Genri Uodsvort Longfello
Insoniyat, Hayot

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.