O‘tmishga sog‘inch bilan boqmang. U qaytib kelmaydi. Bugungi va kelajakniaql bilan boshqaring. U sizniki. Olg‘a boring, tumanli kelajakka qo‘rqmasdan va mard yurak bilan peshvoz chiqing.

Genri Uodsvort Longfello

Genri Uodsvort Longfelloning boshqa so'zlari

Behuda sarflangan muhabbat haqida so‘zlama! Muhabbat hech qachon zoye ketmaydi; agar u boshqa insonning qalbini boyitmagan bo‘lsa ham, uning suvlari xuddi yomg‘ir kabi o‘z manbasiga qaytib, uni yangilik va salqinlik bilan to‘ldiradi.

Genri Uodsvort Longfello

Toza qalb - bog‘, yaxshi fikr - ildizlar, chiroyli so‘zlar - gullar, yaxshi amallar - mevalardir. Bog‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling va uni begona o‘tlardan ehtiyot qiling, uni yaxshi so‘z va yaxshi amal nuri bilan to‘ldiring.

Genri Uodsvort Longfello

Taqdir insonga qanchalik shafqatsiz bo‘lmasin, u qanchalik tashlandiq va yolg‘iz bo‘lmasin, doimo unga noma’lum bo‘lsa-da, uning qalb nidosiga javob berishga tayyor ochiq bir yurak topiladi.

Genri Uodsvort Longfello
Barchasini ko'rish →

Boshqa aforizmlar

Har bir insonda uch xil xarakter mavjud: boshqalar unga nisbat beradigan xarakter; o‘z o‘ziga nisbat beradigan xarakter; va nihoyat, haqiqatdan mavjud bo‘lgan xarakter.

Viktor Gyugo