Bu dunyoda sevgidan shirinroq tuyg'u yo‘q. Ikkinchi o‘rinni, ehtimol, nafrat egallashi mumkin.

Genri Uodsvort Longfello

Genri Uodsvort Longfelloning boshqa so'zlari

O‘tmishga sog‘inch bilan boqmang. U qaytib kelmaydi. Bugungi va kelajakniaql bilan boshqaring. U sizniki. Olg‘a boring, tumanli kelajakka qo‘rqmasdan va mard yurak bilan peshvoz chiqing.

Genri Uodsvort Longfello

Taqdir insonga qanchalik shafqatsiz bo‘lmasin, u qanchalik tashlandiq va yolg‘iz bo‘lmasin, doimo unga noma’lum bo‘lsa-da, uning qalb nidosiga javob berishga tayyor ochiq bir yurak topiladi.

Genri Uodsvort Longfello

Behuda sarflangan muhabbat haqida so‘zlama! Muhabbat hech qachon zoye ketmaydi; agar u boshqa insonning qalbini boyitmagan bo‘lsa ham, uning suvlari xuddi yomg‘ir kabi o‘z manbasiga qaytib, uni yangilik va salqinlik bilan to‘ldiradi.

Genri Uodsvort Longfello
Barchasini ko'rish →

Boshqa aforizmlar